Kengaytirilgan Hay'at yig‘ilishida ko‘rib chiqiladigan masalalar tartibi

22/10/2015 - 19:45 5626

2015 yil 23 oktabr, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Toshketn sh.

“Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining 2015 yil 9 oy yakunlari va respublika iqtisodiyoti barqarorligini yanada oshirish va 2015 yilda asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va maqsadli parametrlarining bajarilishini ta'minlash yuzasidan vazirlik va tarkibiy bo‘linmalari, hududiy iqtisodiyot boshqarmalarining oldida turgan dolzarb vazifalar to‘g‘risida”

1. Hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish parametrlarini bajarilishini ta'minlash, mavjud bo‘lgan ichki resurslarni maksimal darajada yo‘naltirish va tadbirkorlik sub'yektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida.

1.1. 2015 yil yakunlari bo‘yicha Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi, Hududlarni sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturi, Yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash dasturidagi  prognoz parametrlar natijalarini so‘zsiz ta'minlashda mavjud barcha resurslarni jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda 2016 yildagi vazifalar to‘g‘risida.

1.2. “Nol” tushumga ega bo‘lgan kichik biznes korxonalarida ish faoliyatini yangidan tiklash bo‘yicha hududiy komissiyalar ishlarining natijalari hamda “bir darcha” tamoyili asosida tadbirkorlik sub'yektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona markazini tashkil etish, shuningdek 2016 yilda bu borada rejalashtirilgan tadbirlar to‘g‘risida.

2. Hududiy tovarlar eksportining tasdiqlangan parametrlarini so‘zsiz bajarilishini ta'minlashning 2015 yil yakunlari va 2016 yilgi vazifalar to‘g‘risida.

3. Joriy yilda ijtimoiy inshootlar va yangi  ishlab chiqarish quvvatlarini  ishga tushirilishini ko‘zda tutuvchi investitsiya loyihalarini amalga oshirilishini jadallashtirish  va  2016 yilgi vazifalar to‘g‘risida.

4. “2015-2019 yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallarni mahalliylashtirish dasturining joriy yildagi amaliy natijalari va  2016 yilda bu boradagi vazifalar hamda  Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi o‘tkazilishini tashkillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida.

5. Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi «O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari»  ilmiy-tadqiqot markazining 2015 yilda bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari va 2016 yilda rejalshtirilgan ilmiy ishlar to‘g‘risida.

Veb-sayt test holatida ishlamoqda.