Amaliy seminar o‘tkazildi

15/09/2015 - 10:30 7061

Joriy yilning 14-sentabr kuni Iqtisodiyot vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 4 martdagi PF-4707-sonli farmoni bilan tasdiqlangan "2015-2019 yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiya qilishni ta'minlash chora-tadbirlari dasturi"ning bajarilishi yuzasidan "on-line monitoring" avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish yuzasidan amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda ishlab chiqilgan tizimning faol ish olib borishini ta'minlashga bevosita daxldor va mas'ul bo‘lgan asosiy rasmiy idoralar - O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiyalar vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, «O‘zbekneftegaz» MXK, «O‘zbekenergo» AJ va «O‘zkimyosanoat» AJlarining rahbarlari, ekspert va mutaxassislari taklif etildi. 

Seminarda Iqtisodiyot vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklarining tegishli mutaxassis xodimlari tomonidan joriy qilingan mazkur tizim, unda ishlash prinsiplari bilan seminar ishtirokchilarini batafsil tanishtirib o'tildi. 

Yangi joriy qilingan mazkur tizim reports.nis.uz manzilda joylashgan.