Iqtisodiyot vazirligida bo‘lib o‘tadigan kengaytirilgan Hay'at yig‘ilishi haqida

22/07/2016 - 12:29 5564

2016 yil 26 iyul kuni Iqtisodiyot vazirligida kengaytirilgan Hay'at yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Hay'at yig‘ilishida vazir hamda uning o‘rinbosarlari, Hay'at a'zolari, bosh boshqarma, boshqarma va bo‘lim boshliqlari, vazirlik tasarrufidagi tashkilotlar rahbarlari, shuningdek vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari hududlarini kompleks rivojlantirish Yig‘ma boshqarmalari rahbarlari ishtirok etadilar.

Hay'at yig‘ilishida 2016 yilning I yarim yilligida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim yo‘nalishlarini amalga oshirish yakunlari hamda respublika iqtisodiyotining barqarorligini yanada oshirish, asosiy makroiqtisodiy ko‘satkichlari va maqsadli parametrlarining bajarilishini ta'minlash borasida joriy yilning II yarmida vazirlik va uning quyi tashkilotlari oldida turgan ustuvor vazifalarga doir masalalar ko‘rib chiqiladi.

Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari hududlarini kompleks rivojlantirish Yig‘ma boshqarmalarining kadrlar bilan ta'minlanganligi va ularning malakasini oshirish; 2017 yilda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturlari hamda 2017-2020 yillarda hududlarni kompleks rivojlantirish Dasturlarini ishlab chiqish; O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy parametrlari; I Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi yakunlari va boshqa masalalar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Iqtisodiyot vazirligi Axborot xizmati