Iqtisodiyot vazirligida bo‘lib o‘tadigan kengaytirilgan Hay'at yig‘ilishi haqida

11/07/2017 - 12:40 9000

2017 yil 12 iyul kuni Iqtisodiyot vazirligida kengaytirilgan Hay'at yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. 

Unda vazir hamda uning o‘rinbosarlari, Hay'at a'zolari, bosh boshqarma, boshqarma va bo‘lim boshliqlari, vazirlik tasarrufidagi tashkilotlar rahbarlari, shuningdek vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmalari rahbarlari ishtirok etadilar.

Yig‘ilishda 2017 yilning I yarim yilligida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari, 2017 yilda tarmoqlar, iqtisodiyot sohalari va hududlarni yanada barqaror rivojlanishini ta'minlash borasida vazirlik va uning quyi tashkilotlari oldida turgan ustuvor vazifalar, shuningdek 2018 yilda mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy parametrlarini prognoz qilish kabi masalalar ko‘rib chiqiladi.