Munozaralarga boy taqdimot

13/02/2018 - 17:08 8030

Bugun iqtisodiyot vazirligi markaziy apparati xodimlarining Ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi - Ijro.gov.uz hamda “GERMES” elektron hujjat aylanish tizimlarida ishlash ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida “UNICON.UZ” DUK hamda “BAIK Technologies” MCHJ mutaxassislari ishtirokida amaliy seminar-taqdimoti o‘tkazildi.

Mazkur tizim mutaxassislari vazirlik jamoasi xodimlariga ushbu tizimlarning afzalliklari va qulayliklari haqida batafsil tushunchalar berishdi, tegishli taqdimotni namoyish etishdi.

Seminar-taqdimot qizg‘in va munozaralarga boy bo‘ldi.