2017-2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi doirasida ariza beruvchilarning ijtimoiy ustuvorligini aniqlash bo‘yicha hisobga olinadigan ijtimoiy mezonlar

26/02/2019 - 15:21 5603

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi  to‘g‘risida”gi 2016-yil 21-oktyabridagi PQ-2639-sonli va “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida 2017-2021-yilarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2017-yil 2-martdagi PQ-2812-sonli qarorlariga muvofiq arzon uy-joylar qurish dasturi doirasida ariza beruvchilarning ijtimoiy ustuvorligini aniqlash bo‘yicha quyidagi ijtimoiy mezonlar hisobga olinadi:

a) ariza beruvchida mulk huquqi bilan turar joyning yo‘qligi va turar joyda ijara shartlarida yoki yashash uchun yaroqsiz turar joyda yashashi;

b) boshqa oila yoxud boshqa oilalar bilan bir uyda (bir kvartirada) yashashi;

v) ko‘p bolali;

g) ariza beruvchi oilasining daromadi;

d) bir yoki undan ko‘p bola ota-onalardan biri (to‘liq bo‘lmagan oila) tomonidan tarbiyalanishi va boqilishi;

e) ariza beruvchining oila a'zolari orasida surunkali kasallikning og‘ir turlaridan azob chekuvchi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq alohida xonada yashashga muhtoj bo‘lgan shaxslarning mavjudligi;

j) ariza beruvchining oila a'zolari orasida birinchi guruh nogironi mavjudligi;

z) uy-joy maydonining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan (bir shaxs uchun umumiy uy-joy maydoni 16 kv.metrdan kam bo‘lmagan, kursi-kolyaskadagi nogironlar uchun 23 kv.metrdan kam bo‘lmagan) uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq emasligi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-fevralidagi 103-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ariza beruvchi - uy quruvchining 2017-2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi to‘g‘risidagi nizomi” to‘g‘risida batafsil ma'lumotga ega bo‘lish uchun bu yerni bosing.

Word shaklida anketa-arizani yuklab oling

Qaror va uning boshqa ilovalari bilan Lex.uz sahifasida tanishing

Veb-sayt test holatida ishlamoqda.