Navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi

29/05/2018 - 17:40 4153

Ma'lumki, vazirlikda joriy yilning aprel oyidan boshlab, “Ustoz-shogird” yo‘nalishida yosh, iqtidorli xodimlarning malakaviy saviyasini oshirish, tajriba to‘plash, zimmasiga yuklatilgan vazifaga nisbatan mas'uliyat tuyg‘usini oshirishga qaratilgan seminar-treninglar muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. 

Bugun vazirlikda ana shunday seminar treninglardan navbatdagisi bo‘lib o‘tdi. Vazirlikning mas'ul xodimi, tajribali mutaxassis Yodgor Fayzullayev tomonidan olib borilgan “Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirishning uslublari” deb nomlangan seminar-trening juda qiziqarli bo‘ldi.  

Seminar-treningda iqtisodiyotning makro-mezo va mikro darajalari chuqur tahlil qilinib, ishlab chiqarishning o‘sishi bilan bog‘liq asosiy omillarga atroflicha to‘xtalindi. Shuningdek, prognozlashtirishda uning davrlari, makroiqtisodiyotda tahlil instrumentlari, prognozlar ishlab chiqish tamoyillari va boshqa masalalarga ham batafsil to‘xtaldi.

Quyida taqdimotning elektron ko‘rinishi ilova qilinadi.

Ilovani yuklab oling

Iqtisodiyot vazirligining Axborot xizmati