Aholining zaif qatlami bandligini ta'minlashdagi rag‘bat

05/07/2018 - 19:09 6755

Bugun Iqtisodiyot vazirligida ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-iyunidagi “Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini ta'minlashni rag‘batlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3782-sonli qarorining mazmun va ahamiyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 

Unda vazirlikning Ijtimoiy soha tarmoqlarini rivojlantirish, demografiya va aholi turmush darajasi bosh boshqarmasi, Demografiya va mehnat bozori bo‘limi boshliqlari, mutaxassislari, shuningdek qator manfaatdor tashkilotlarning mutasaddilar qatnashdi.

Tadbirga Ijtimoiy soha tarmoqlarini rivojlantirish, demografiya va aholi turmush darajasi bosh boshqarmasi boshlig‘i Erkin Rustamov moderatorlik qildi. 

“Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini ta'minlashni rag‘batlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3782-sonli qarori yuzasidan taqdimot Demografiya va mehnat bozori bo‘limi boshlig‘i Dilshod Zokirov tomonidan taqdim etildi.    

Tadbirda shuningdek, O‘zbekiston nogironlar jamiyati raisi Komiljon Abdullayev, O‘zbekiston nogiron tadbirkorlar asotsiatsiyasi uyushmasi raisi Farhod Abdurahmonov hamda O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati raisi o‘rinbosari Abdurahmon Abdullayevlar qarorning mazmun-mohiyatiga, ahamiyatiga to‘xtalish bilan birga, kelgusida mazkur yo‘nalishda qabul qilinadigan hukumat qarorlariga kiritilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan o‘zlarining aniq fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. 

Axborot xizmati