2018-yilning I-yarmida qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishda amalga oshirilgan tadbirlar

26/07/2018 - 17:33 12936

Mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, o‘sib borayotgan aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish va sohani eksport salohiyatini yanada oshirish borasida qisqa muddat ichida qator ishlar olib borildi. 

Qishloq xo‘jaligi loyihalarini amalga oshirish orqali 2017-yilda mavjud issiqxonalar maydonlarining 432,8 gektarga kengayishi, shuningdek chorvachilik sohasi salohiyatini oshirish maqsadida 2017-yilda 3505 ta chorvachilik loyihalarini amalga oshirish hisobiga mol bosh sonini 84 ming boshga, parrandalar bosh sonini esa - 8 mln. boshga oshishi hamda baliq yetishtirish uchun sun'iy va tabiiy suv havzalarining 3,5 ming gektarga kengayishi 2017-yilda va 2018-yilning I-yarmida qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarining o‘sishiga sabab bo‘ldi.
 
Respublikada oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish va aholini ularga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida, birinchi marotaba erta bahorda mahsulot yetishtirish uchun o‘tgan yilning noyabr-dekabr oylarida  61,1 ming gektar maydonga to‘qsonbosti usulida sabzavot  va joriy yilning fevral oyida jami 40,2 ming gektar maydonga ertapishar kartoshka ekilgan.

Ushbu maydonlardan aprel oyidan boshlab, jami 1,7 mln. tonnadan ortiq sabzavot (piyoz, sarimsoq, sabzi, lavlagi va ko‘katlar) va 884 ming tonna kartoshka hosili olindi.

Bundan tashqari, yerdan samarali foydalanish va aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini yanada to‘liqroq ta'minlash, sabzavot, poliz, bog‘ va uzumchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari yer maydonlaridan foydalanish natijadorligini va mamlakat eksport salohiyatini oshirish uchun eksportbop ekinlarni ko‘paytirish maqsadida, oxirgi uch yilda paxta hosildorligi gektariga 15 sentnerdan kam bo‘lgan 99,4 ming gektar paxta va g‘alla maydonlari aniqlanib, ular hisobiga boshqa turdagi qishloq xo‘jalik ekinlari, shu jumladan meva-sabzavot ekinlari maydonlari kengaytirildi.

Natijada joriy yilning I-yarim yilligida jami 3140,1  ming tonna sabzavot (oldingi yilning mos davriga nisbatan 104,7%), 1485,9  ming tonna kartoshka (105,3%), 215,4 ming tonna poliz (112,6%), 934,6 ming tonna meva (100,5%), 41,6 ming tonna uzum (149,2%), 1133,9 ming tonna go‘sht (105,3%), 4741,7 ming tonna sut (105,4%) va 3554,9 mln.dona tuxum (109,6%), 29,4 ming tonna baliq (130,1%) yetishtirildi. Bu esa, 2018-yilning I-yarim yilligida qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish xajmi o‘tgan yilga nisbatan 2,7% ga o‘sishini ta'minladi.

Bugungi kunda asosiy maydonlarga qishloq xo‘jalik ekinlari ekish ishlari yakunlangan bo‘lib, 2018-yil xosili uchun asosiy maydonlarga jami 116,2 ming gektar sabzavot (rejaga nisbatan 95%), kartoshka - 49,6 ming gektar (100%) va poliz - 36,4 ming gektar (94%) ekinlari, shuningdek jami 127,2 ming gektar (85,7%) bog‘ va tokzorlar qator oralariga sabzavot, poliz va dukkakli ekinlar ekildi. 

9,1 ming gektar maydonda intensiv bog‘lar, tokzorlar - 7,1 gektar barpo qilindi hamda 4,9 ming gektar mavjud bog‘lar va 2,4 ming gektar tokzorlar rekonstruksiya qilindi.

Chorvachilik sohasini rivojlantirish maqsadida orqali joriy yilning I-yarim yilligida jami 2138 ta chorvachilik loyihalarini amalga oshirish tufayli yirik shoxli mollar bosh soni - 38 ming boshga, qo‘y-echkilar - 8,9 ming boshga, parranda 4435 ming boshga oshdi va tabiiy va sun'iy suv xavzalari - 2,7 ming gektarga kengaytirildi. 

Bundan tashqari, Surxondaryo viloyati misolida 2018-yilda har bir hududda 1-2 tadan meva-sabzavot klasterlari tashkil etilishi ham o‘z navbatida qishloq xo‘jaligi yumushlarini tashkil qilish uchun ekish materiallari, avans to‘lovlarini taqdim etuvchi va ulardan ishlab chiqarilgan mahsulotni kelishilgan narxlarda sotib oluvchi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari, tayyorlovchi korxonalar, qayta ishlovchilar, eksportchilar o‘rtasida kafolatlangan shartnomalar asosida “urug‘-ko‘chat-mahsulot yetishtirish-tayyorlash-saqlash-qayta ishlash-transportrovka qilish-bozorga yetkazish” tamoyili bo‘yicha uzluksiz zanjirni shakllantirish orqali meva-sabzavotchilik sohasining bugungi kundagi mavjud salohiyatidan to‘laqonli va samarali foydalanish tizimini yaratilishi kutilmoqda.

Iqtisodiyot vazirligi Axborot xizmati

Veb-sayt test holatida ishlamoqda.