Samarqand shahrida 2018-yil 9-11-oktyabrda o‘tkaziladigan «EU 4 Energy» forumi axborotnomasi

10/10/2018 - 12:07 9736

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi yoqilg‘i-energetika kompleksini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining 2017-2021-yillardagi rivojlanishining beshta ustuvor yo‘nalishlariga oid strategiyasida zamonaviy innovatsion  texnologiyalar, shu jumladan qayta tiklanadigan energiya manbalari va energiya tejovchi yechimlarni joriy etish muxim rol o‘ynaydi.

Yoqilg‘i energetika kompleksi O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishida muxim o‘rin tutadi. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi yoqilg‘i-energetika kompleksini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan strategiyada neft va gaz, elektr energiyasi, ko‘mir va atom sanoati rovojlanishi jahondagi eng yaxshi xalqaro tajribasini va jahon energetikasini rivojlanishining eng so‘nggi tendensiyalarini hisobga olgan holda bir butun bo‘lib hisoblanadi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish, mamlakatimizni energetika, ekologiya, iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash, shuningdek, respublikaning energetika tizimini barqaror rivojlanishi uchun muxim omillardan hisoblanadi. Qayta tiklanadigan va yangi energiya manbalarini o‘zlashtirilishi, tabiiy resurslarni kelajak avlodga yetkazish hamda ekologiyani saqlab qolishning eng muxim shartlaridandir.

Shu sababli, joriy yilning 3-oktyabrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev respublikada qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish orqali ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishdagi kechikishlarni tanqid qildi. Elektr energiyasini ishlab chiqarish va tarqatish bosqichida zamonaviy energiyani tejash usullarini joriy qilish orqali ishlab chiqarishda yoqilg‘i sarfini kamaytirishga erishish mumkinligi ta'kidlandi.

Ushbu tendensiyalarni batafsil va keng qamrovli o‘rganish maqsadida joriy yilning 9-11-oktyabr kunlari Samarqandda quyosh energetikasini rivojlantirishning global amaliyotini o‘rganishga qaratilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha forum o‘tkazilmoqda. Tadbir doirasida erishilgan natijalar muhokama etiladi. Forum O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Yevropa Ittifoqi Xalqaro Energetika agentligining 4 Energetika “EU4Energy” dasturi doirasida tashkil etilmoqda.

Ma'lumot uchun: “EU4Energy” Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtrilgan va Sharqiy xamkorlik va Markaziy Osiyo davlatlarida amalga oshiriladigan 4 yillik dasturdir. “EU4Energy” ning maqsadi - energetika soxasiga oid ma'lumotlar asosida energetika siyosatini ishlab chiqish va shuningdek benefitsiar mamlakatlarda bu soxada monitoring olib borish. Dasturning tarkibiy qismlari asosan nazariy jihatga ega bo‘lib, ”yumshoq” komponentga (energetika ma'lumotlarining turli xil turlari va baxolashlarii, maxsus va mavzuli veb portallar, forumlar, seminarlar tashkil etish,salohiyatni oshirish, axborot tarqatish va x.k.) qaratilgan.

Forumning maqsadi - Xalqaro Energetika agentligiga a'zo davlatlarda tanlab olingan yo‘nalishlar bo‘yicha investitsion salohiyatni aniqlash, energetikaga oid ma'lumotlardan foydalanishni yaxshilash, ma'lumotlarni yig‘ish va monitoringini kengaytirish va a'zo davlatlar talabi asosida energetika siyosatida asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqishga ko‘maklashishdan iborat.
 
Forum ishtirokchilari - O‘zbekiston tomonidan asosiy vazirlik, idora va xo‘jalik boshqaruvi organlari (Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vzirligi, Innovatsiya vazirligi, Davlat Statistika qo‘mitasi, Investiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, “Millliy energotejash” aksiyadorlik kompaniyasi, "O‘zdavenergonazorat” DI, “O‘Zneftegazinspksiya” DI, “O‘zatom” agentligi, real sektor korxonalari), ilmiy izlanish tashkilotlari (O‘zR FA, XQEI, “Quyosh fizikasi” Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi), Yevropa shuningdek Armaniston, Ozorbayjon, Belorusiya, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, Ukrainadan tashrif buyurgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasidagi ilg‘or kompaniya vakillari iqtisodchilar, moliyachi tahlilchilar ishtirok etmoqda.

Hususan, forumda respublikamizning qayta tiklanuvchi manbalari imkoniyatlari taqdimoti amalga oshiriladi va mavjud loyihaviy takliflar taqdimotda aks etiriladi.

Qabul qilingan chora-tadbirlar va yetakchi xalqaro moliyaviy institutlar ishtirokida energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha loyihalar haqida so‘z yuritiladi. Jumladan, Jaxon banki guruhining umumiy qiymati 325 mln. AQSH dollari bo‘lgan kredit liniyalari bilan ishlashning muvaffaqiyatli mexanizmlarining kiritish natijasida 150,2 mln. dollar mablag‘lar neft va gaz, tog‘-kon sanoati, kimyo, elektr energiyasi, qurilishi va qayta ishlash kabi yirik soxalarda umumiy 82 ta energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish loyihalari o‘zlashtirildi. Bunday moliyaviy resurslarga bo‘lgan talabni ortib borayotganligini hisobga olib, rekord qisqa muddatda Yevropa investitsiya banki bilan 100 mln. AQSH dollari jalb qilish bo‘yicha muzokaralar yakunlandi va kredit bitimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Fransiya Respublikasiga davlat tashrifi doirasida imzolanadi. 

Tadbir ishtirokchilarini quyosh energiyasi sohasidagi respublikada ilmiy-tadqiqotlar va rivojlanish, shuningdek energiya samaradorligi va energiya tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha yagona siyosatni amalga oshirish maksadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga binoan tashkil etilgan “Milliy energiya tejamkorlik” kompaniyasini faoliyati katta qiziqish uyg‘otmoqda.   

Eng yaxshi xalqaro amaliyotlar asosida mamlakatimizda tarkibiy isloxotlar, iqtisodiyotni liberallashtirish, ishbilarmonlik muhiti va investitsion muhitni yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shu bilan birga, Forum ishtirokchilari davlat-xususiy sektor hamkorligi mexanizmlarni joriy etish uchun tegishli normativ-huquqiy bazani yaratish zarurligini ta'kidladilar. Shuningdek, qayta tiklanadigan energiya manbalari to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish, energiya ishlab chiqaruvchilarning qayta tiklanadigan manbalardan, muklchilik shaklidan qat'iy nazar, yagona elektr energetikasi tizimiga ulanib quvvat berishga kafolat berish, qayta tiklanadigan manbalardan olinadigan elektr energiyasini sotib olishning rag‘batlantiruvchi tariflarini shakllantirish masalariga aloxida mavzu sifatida muxokama qilinadi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Statistika davlat qo‘mitasida Xalkaro energetika agenligi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Forum o‘z ishini davom ettirmoqda, uning yakunida energiya resurslarni barqaror ta'minlashni va energetika sektorini rivojlantirish uchun tubdan yangilangan me'yoriy-huquqiy bazani rivojlantirishni hisobga olgan xolda ananaviy va qayta tiklanadigan energiya manbalar bo‘yicha yangi takliflar ishlab chiqiladi.

Shuningdek, mehmonlar O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti xotirasi yod etadi, Samarqandning diqqatga sazovor joylariga tashrif buyuradilar.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Axborot xizmati

Veb-sayt test holatida ishlamoqda.