Soliq va byudjet siyosatining 2019 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

25/12/2018 - 17:48 5173

Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni

Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 11 dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2018 yil 13 dekabrda maʼqullangan

1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 3 sentyabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi 938–XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 yil, № 9, 338-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 12, 269-modda; 1997 yil, № 4–5, 126-modda; 1998 yil, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 5, 112-modda; 2001 yil, № 5, 89-modda; 2002 yil, № 4–5, 74-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 5, 152-modda; 2007 yil, № 12, 590, 608-moddalar; 2008 yil, № 12, 640-modda; 2010 yil, № 5, 178-modda, № 9, 334-modda, № 12, 472-modda; 2012 yil, № 1, 4-modda; 2013 yil, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 12, 341-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 12, 383, 384-moddalar; 2018 yil, № 1, 1-modda, № 10, 676-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 32-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Pensiyani hisoblab chiqarish uchun ish haqiga, shuningdek ish haqining natural qismiga:

2019 yil 1 yanvarga qadar boʻlgan davr uchun – qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurta badallari hisoblanadigan mehnatga haq toʻlash tarzidagi barcha daromadlar;

2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun – qonun hujjatlariga muvofiq hisoblangan mehnatga haq toʻlash tarzidagi barcha daromadlar qoʻshiladi.

Davlat ijtimoiy sugʻurtasiga taalluqli boʻlmagan shaxslarga pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqiga mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga oʻxshash pul taʼminotining barcha turlari qonun hujjatlariga muvofiq qoʻshiladi.

Oʻqish davrida toʻlangan stipendiya pensiya soʻrab murojaat etuvchining xohishiga koʻra ish haqiga tenglashtiriladi.

Ish vaqtini hisobga olib boʻlmaydigan xodimlarning (yakka tartibdagi tadbirkor va u tomonidan yollangan xodimning, dehqon xoʻjaligi va oilaviy tadbirkorlik subyekti aʼzosining) pensiyasini hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqining miqdori:

2019 yil 1 yanvarga qadar boʻlgan davr uchun – Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan sugʻurta badallarining miqdoridan;

2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun – toʻlangan yagona ijtimoiy toʻlov miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi»;

2) 36-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Chet elda yollanib ishlagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining pensiyasini hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqi quyidagicha aniqlanadi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno:

2019 yil 1 yanvarga qadar boʻlgan davr uchun – Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga toʻlangan sugʻurta badallarining miqdoridan;

2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun – toʻlangan yagona ijtimoiy toʻlov miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi»;

3) 37-modda birinchi qismining:

“a” bandi:

birinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi birinchi va ikkinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:

«a) 2019 yil 1 yanvarga qadar boʻlgan davr uchun – faoliyat turi, mulk va xoʻjalik yuritish shakllaridan qatʼi nazar, xodim davlat tomonidan ijtimoiy sugʻurtalangan holda bajargan har qanday ish, agar u Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlagan boʻlsa;

2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun – xodim tomonidan bajarilgan har qanday ish, agar mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar hisoblangan boʻlsa»;

ikkinchi va uchinchi xatboshilari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;

“g” bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«g) yakka tartibdagi mehnat va oilaviy tadbirkorlik faoliyati, shu jumladan shaxsiy yordamchi xoʻjalikdagi va yuridik shaxs tashkil etilmagan holdagi dehqon xoʻjaligidagi faoliyat:

2019 yil 1 yanvarga qadar boʻlgan davr uchun – Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlangan taqdirda;

2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun – yagona ijtimoiy toʻlov toʻlangan taqdirda»;

4) 40-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Chet elda ishlangan davrlar quyidagi shartlarga koʻra mehnat stajiga qoʻshiladi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno:

2019 yil 1 yanvarga qadar boʻlgan davr uchun – Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlangan taqdirda;

2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun – yagona ijtimoiy toʻlov toʻlangan taqdirda».

2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007 yil 25 dekabrda qabul qilingan OʻRQ–136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, 12-songa 1-ilova; 2008 yil, № 12, 639-modda; 2009 yil, № 9, 330, 331-moddalar, № 12, 470, 472, 473-moddalar; 2010 yil, № 5, 178-modda, № 9, 334, 335, 336, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 474-modda; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 9, 248-modda, № 12/2, 364, 365-moddalar; 2012 yil, № 4, 106-modda, № 9/1, 238-modda, № 12, 334, 336-moddalar; 2013 yil, № 10, 263-modda, № 12, 349-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, № 8, 312-modda, № 12, 452, 454-moddalar; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 384, 385-moddalar; 2017 yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda, № 12, 772, 773-moddalar; 2018 yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 431, 433-moddalar, № 10, 676-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 22-modda:

quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

«mikrofirmalar va kichik korxonalar – belgilangan mezonga xodimlarining soni boʻyicha mos keladigan yuridik shaxslar»;

oʻn toʻrtinchi – oʻttiz toʻqqizinchi xatboshilari tegishincha oʻn beshinchi – qirqinchi xatboshilar deb hisoblansin;

yigirma oltinchi xatboshisidagi “qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz soligʻi hamda benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq” degan soʻzlar “qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

2) 23-modda:

ikkinchi qismining 10-bandi chiqarib tashlansin;

uchinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«1) davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy toʻlovlar:

yagona ijtimoiy toʻlov;

avtotransport yigʻimlari»;

oltinchi qismidagi “7–10-bandlarida” degan soʻzlar “7 va 8-bandlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

3) 30-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Ushbu Kodeksda, boshqa qonunlarda va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida, alohida hollarda esa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan, boshqa soliq toʻlovchilarga nisbatan ayrim toifadagi soliq toʻlovchilarga beriladigan afzalliklar, shu jumladan soliq va (yoki) boshqa majburiy toʻlov toʻlamaslik yoxud ularni kamroq miqdorda toʻlash imkoniyati soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar deb eʼtirof etiladi”;

4) 31-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“ushbu Kodeksda, boshqa qonunlar va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida, alohida hollarda esa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilab qoʻyilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda hamda tartibda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlardan foydalanish”;

5) 45-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Yirik soliq toʻlovchilar, joylashgan yeridan qatʼi nazar, soliq hisobotini Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etadi”;

6) 52-moddaning toʻqqizinchi qismidagi “fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini” degan soʻzlar “yagona ijtimoiy toʻlovni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

7) 54-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “bundan ushbu Kodeks 350-moddasi birinchi qismining 2-bandida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilar mustasno” degan soʻzlar “bundan savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari mustasno” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

8) 56-moddaning:

toʻrtinchi qismi:

birinchi jumlasidagi “tegishli moliya organlari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi gʻaznachiligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi jumlasidagi “moliya organlariga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi gʻaznachiligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

beshinchi qismidagi “tegishli moliya organlariga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi gʻaznachiligiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

9) 57-moddaning ikkinchi qismidagi “tegishli moliya organlari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi gʻaznachiligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

10) 67-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Soliq nazorati quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

soliq toʻlovchilarni hisobga olish;

soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarni hisobga olish;

byudjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga tushumlarni hisobga olish;

kameral nazorat;

xronometraj koʻzdan kechirish;

xoʻjalik yurituvchi subyektlar xodimlarining hisobotdagi sonining va haqiqiy sonining muvofiqligi yuzasidan monitoring;

soliq tekshiruvlari;

mavzuli ekspress-oʻrganish;

fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash;

aksiz toʻlanadigan ayrim turdagi tovarlarni markalash, shuningdek ayrim korxonalarda moliya inspektori lavozimini joriy etish;

davlat daromadiga qaratilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan pul mablagʻlari davlat daromadiga oʻz vaqtida va toʻliq tushishini nazorat qilish;

boshqa majburiy toʻlovlarni undirish vazifasini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar ustidan nazorat qilish;

soliq monitoringi»;

11) 68-modda quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

«Davlat soliq xizmati organlarida mavjud boʻlgan soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bogʻliq obyektlar toʻgʻrisidagi axborotni aniqlashtirish maqsadida davlat soliq xizmati organlari zaruratga qarab, lekin yiliga koʻpi bilan bir marta keyinchalik soliq solinadigan bazaga tuzatishlar kiritish uchun soliq toʻlovchida koʻzdan kechirish hamda soʻrov oʻtkazishni amalga oshirishga haqli.

Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bogʻliq obyektlar toʻgʻrisidagi axborotni aniqlashtirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi»;

12) 71-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«71-modda. Xronometraj koʻzdan kechirish

Xronometraj koʻzdan kechirish – xronometraj oʻtkaziladigan davrda tushumlarning haqiqiy hajmlarini, pul tushumi summalarini, ishlab chiqarish hajmlarini, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish hajmlarini aniqlash maqsadida amalga oshiriladigan, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) haqiqiy realizatsiya hajmlarini aniqlashga doir soliq nazoratining shaklidir.

Pul tushumini, ishlab chiqarish hajmlarini va tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish hajmlarini xronometraj koʻzdan kechirish tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi soliq toʻlovchilarda, bevosita tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish joyida, mahsulot ishlab chiqarish sexlarida, shuningdek ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish joylarida hamda soliq toʻlovchi daromadlar olish uchun foydalanayotgan yoxud soliq solish obyektlarini saqlash bilan bogʻliq boshqa joylarda davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari tomonidan oʻtkaziladi.

Xronometraj koʻzdan kechirishni oʻtkazish muddati yetti kalendar kundan ortiq boʻlmasligi kerak.

Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishning haqiqiy hajmlarini aniqlash boʻyicha xronometraj koʻzdan kechirishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarni hisobga olish jarayonida soliq toʻlovchi tomonidan realizatsiya qilingan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) hamda soliq solish obyektlarining haqiqiy hajmlari kamaytirilganligini taxmin qilish imkonini beradigan tafovutlar aniqlangan taqdirda davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar oʻrinbosari tomonidan qabul qilinadi.

Davlat soliq xizmati organining realizatsiya qilingan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) haqiqiy hajmlarini aniqlash boʻyicha xronometraj koʻzdan kechirishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻida xronometraj oʻtkaziladigan soliq toʻlovchi, uning identifikatsiya raqami, xronometrajni oʻtkazish joyi va muddati, davlat soliq xizmati organining xronometrajni oʻtkazadigan mansabdor shaxslari majburiy tartibda koʻrsatiladi.

Realizatsiya qilingan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) haqiqiy hajmlarini aniqlash boʻyicha xronometraj koʻzdan kechirish ishlab chiqarish, realizatsiya qilish hajmlarini hamda pul mablagʻlari tushumini kuzatish va qayd etish orqali oʻtkaziladi. Bunda xronometrajni oʻtkazishga boshqa shaxslarni, shu jumladan ekspertlarni jalb etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Realizatsiya qilingan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) haqiqiy hajmlarini aniqlash boʻyicha xronometraj koʻzdan kechirishni amalga oshirish jarayonida soliq toʻlovchidan hisobga olish hujjatlarini talab qilishga, soliq toʻlovchiga nisbatan talablar qoʻyishga yoki soliq toʻlovchining faoliyatiga boshqacha tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan soliq toʻlovchidan hamda rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslardan, soliq toʻlovchining boshqa moddiy javobgar xodimlaridan tushuntirishlar olish, shuningdek nazorat-kassa mashinalarida va toʻlov terminallarida saqlanayotgan xronometrajni oʻtkazish davriga doir maʼlumotlarni olish mustasno.

Davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslari tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishning haqiqiy hajmlarini aniqlash boʻyicha xronometraj koʻzdan kechirish natijalari boʻyicha ikki nusxadan kam boʻlmagan miqdorda maʼlumotnoma tuzadi. Maʼlumotnomaning bir nusxasi soliq toʻlovchiga topshiriladi. Soliq toʻlovchi maʼlumotnomani olishdan boʻyin tovlagan taqdirda, davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi bu haqda maʼlumotnomaga tegishli yozuvni kiritadi va maʼlumotnomaning bir nusxasi pochta orqali buyurtma xat bilan soliq toʻlovchiga joʻnatiladi hamda u joʻnatilgandan keyin uch kun oʻtgach topshirilgan hisoblanadi yoxud soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga elektron tarzda joʻnatiladi.

Realizatsiya qilingan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) haqiqiy hajmlarini aniqlash boʻyicha xronometraj koʻzdan kechirish natijalaridan soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bogʻliq obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazalarini shakllantirish va yuritish, shu jumladan elektron shaklda shakllantirish va yuritish, shuningdek taqdim etiladigan hisobotlarning va hisoblab chiqarilgan soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlarning summalari ishonchliligini solishtirib koʻrish uchun foydalaniladi.

Davlat soliq xizmati organlari soliq toʻlovchi faoliyatining xususiyatlari va mavsumiy omillarni hisobga olgan holda soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan xronometraj koʻzdan kechirish oʻtkazilgan davrga oid soliq hisobotida aks ettirilgan, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan xronometraj jarayonida olingan tushum toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan solishtirishni amalga oshiradi.

Agar xronometraj koʻzdan kechirish oʻtkazilgan davrga oid taqdim etilgan soliq hisobotida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumning kamaytirilganligi alomatlari aniqlansa, davlat soliq xizmati organlari ushbu Kodeks 70-moddasida koʻrsatilgan tartibda soliq toʻlovchiga talabnoma yuboradi.

Soliq toʻlovchida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumning kamaytirilganligi takroran aniqlangan taqdirda, bu harakatlar soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganlik sifatida tasniflanadi.

Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumni xronometraj koʻzdan kechirishni oʻtkazish hamda kamaytirilgan tushum summasidan soliqlarni hisoblab chiqish tartibi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organ bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi»;

13) quyidagi mazmundagi 712-modda bilan toʻldirilsin:

«712-modda. Mavzuli ekspress-oʻrganish

Mavzuli ekspress-oʻrganish kameral nazorat natijalari boʻyicha joyiga chiqqan holda soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan axborotning ishonchliligini hamda soliq toʻlovchining hisobotlarida aks ettirilgan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllashning qonuniyligini tasdiqlash uchun amalga oshiriladi.

Soliq toʻlovchi tomonidan davlat soliq xizmati organining kameral nazorat natijalariga doir talabnomasiga javoban taqdim etilgan axborotning ishonchliligini tasdiqlash maqsadida ushbu axborotni oʻrganish zarurligi mavzuli ekspress-oʻrganishni tayinlash uchun asos boʻladi.

Mavzuli ekspress-oʻrganishlarni tayinlash mezonlari quyidagilardan iborat:

soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllashning qonuniyligi;

ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan sof foyda toʻgʻrisidagi hisobotlardagi hamda dividendlarni hisoblashdagi, shuningdek davlat unitar korxonalari tomonidan sof foydani hamda sof foydaning 30 foizi miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga ajratmalarni aniqlashdagi davlat soliq xizmati organlaridagi xoʻjalik yurituvchi subyektning faoliyati toʻgʻrisidagi boshqa mavjud maʼlumotlar bilan tafovutlar;

olingan va realizatsiya qilingan tovar-moddiy qimmatliklar, bajarilgan ishlarning va koʻrsatilgan xizmatlar hajmlarining, nomenklaturasining (assortimentining) va summalarining kameral nazorat natijasida soliq toʻlovchining bank hisobvaraqlari boʻyicha pul mablagʻlari harakati tahlili chogʻida aniqlangan nomutanosibligi;

soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq zimmasiga axborot taqdim etish majburiyati yuklatilgan organlar va tashkilotlardan davlat soliq xizmati organlariga kelib tushgan axborot boʻyicha aniqlangan tafovutlar hamda chetga chiqishlar;

valyuta toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari sohasida aniqlangan qoidabuzarliklar, shu jumladan tashqi savdo kontraktlari boʻyicha import va eksport qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining oshirib yuborilishi va kamaytirilishi.

Mavzuli ekspress-oʻrganish faqat kameral nazorat amalga oshirilgan soliq davri uchun amalga oshirilishi lozim. Mavzuli ekspress-oʻrganishni amalga oshirish muddati yetti kalendar kundan ortiq boʻlmasligi kerak.

Zarur hollarda (foydali qazilmalarni kavlab olish hajmini aniqlashda, nazorat oʻlchovlari va hokazoda) mavzuli ekspress-oʻrganishda ishtirok etish uchun oʻrganish natijasidan manfaatdor boʻlmagan ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar jalb etilishi mumkin.

Hududlarni, ishlab chiqarish, omborxona, savdo binolarini va boshqa binolarni, shu jumladan soliq toʻlovchi tomonidan daromad olish uchun foydalanilayotgan yoki soliq solish obyektlarini saqlash bilan bogʻliq boʻlgan joylarni koʻzdan kechirish soliq toʻlovchining soliq xizmati organining talabnomasiga javoban taqdim etgan hujjatlarida aks ettirilgan ish oʻrinlari sonini, tovar-moddiy qimmatliklarning, asosiy vositalarning yoki boshqa mol-mulkning mavjudligini tasdiqlash maqsadida oʻtkaziladi. Zarur hollarda, koʻzdan kechirish chogʻida foto- va videotasvirga olish amalga oshirilishi mumkin.

Soliq toʻlovchi tomonidan mavzuli ekspress-oʻrganishga taalluqli hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi tomonidan bu toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi. Dalolatnoma ilgari soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan axborotni ishonchli emas deb topish uchun asos boʻladi.

Mavzuli ekspress-oʻrganish natijalari boʻyicha qoidabuzarliklar mavjud boʻlgan taqdirda, davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslari soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining tegishli normasiga havola qilgan holda, soliq toʻlovchining tushuntirishlarini inobatga olib, aniqlangan qoidabuzarliklar batafsil bayon qilingan maʼlumotnomani tuzadi.

Mavzuli ekspress-oʻrganish maʼlumotnomasiga quyidagilar ilova qilinishi kerak:

oʻrganishni tayinlash uchun asos boʻlgan mezon koʻrsatilgan hujjatlarning nusxalari;

oʻrganishni oʻtkazish davomida olingan hujjatlarning nusxalari, shuningdek oʻrganish doirasidagi harakatlar bajarilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar.

Soliq toʻlovchiga oʻrganish maʼlumotnomasi taqdim etilgan kun yoki maʼlumotnomani soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilgan sana mavzuli ekspress-oʻrganish tugallangan kun deb hisoblanadi.

Mavzuli ekspress-oʻrganish davomida soliq toʻlovchilar oʻrganish tugaguniga qadar soliqqa oid huquqbuzarlikni mustaqil ravishda bartaraf etishga haqlidir.

Mavzuli ekspress-oʻrganish natijalari kameral nazorat materiallariga ilova qilinadi»;

14) 80-moddaning yettinchi qismidagi “benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq” degan soʻzlar “benzin, dizel yoqilgʻisi va gazni yakuniy isteʼmolchiga realizatsiya qilganlik uchun olinadigan aksiz soligʻi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

15) 84-modda:

toʻrtinchi qismi chiqarib tashlansin;

beshinchi – oʻn toʻrtinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi – oʻn uchinchi qismlar deb hisoblansin;

16) 86-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Soliq tekshiruvlari quyidagi turlarga boʻlinadi:

tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organ bilan kelishuvga koʻra oʻtkaziladigan tekshiruvlar;

tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organni xabardor qilish tartibida oʻtkaziladigan tekshiruvlar.

Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organ bilan kelishuvga koʻra oʻtkaziladigan tekshiruvlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

soliq toʻlovchining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish (taftish);

jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilishi faktlari toʻgʻrisidagi murojaatlari asosida oʻtkaziladigan tekshirish yoki tavakkalchilikni tahlil etish natijalarining yakunlari boʻyicha davlat soliq xizmati organlari tashabbusiga koʻra tekshirish.

Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organni xabardor qilish tartibida oʻtkaziladigan tekshiruvlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

yuridik shaxs tugatilishi munosabati bilan oʻtkaziladigan tekshirish hamda faoliyati tugatilayotganda yagona soliq toʻlovini toʻlovchi boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorni tekshirish;

tegishli ruxsatnomalarsiz alkogol va tamaki mahsulotlarining ishlab chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishini tekshirish;

qalbaki aksiz markali yoki aksiz markasi mavjud boʻlmagan alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarilishini yoki realizatsiya qilinishini tekshirish;

taqiqlangan tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqarilishi va realizatsiya qilinishi faktlariga barham berish boʻyicha tekshirish;

oʻz faoliyatini rasman toʻxtatib turgan davr mobaynida yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni davom ettirayotgan jismoniy shaxsning faoliyatini tekshirish.

Notijorat tashkilotlarini, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarini, shuningdek chet el yuridik shaxslarining vakolatxonalari hamda filiallarini ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan tekshirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi»;

17) 88-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Soliq toʻlovchi moliya-xoʻjalik faoliyatining tekshiruvini oʻtkazish (taftish qilish) uchun quyidagilar asos boʻladi:

tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organning tekshiruvni oʻtkazishga roziligi, ushbu rozilikda tekshiriladigan obyektning nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, tekshiruvning maqsadi, tekshiruv oʻtkazish muddatlari va uni asoslovchi sabablar koʻrsatiladi;

davlat soliq xizmati organining buyrugʻi, buyruqda tekshiruvni oʻtkazish maqsadi, muddatlari va tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tarkibi koʻrsatiladi.

Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organning tekshiruvni oʻtkazishga boʻlgan roziligi jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilishi faktlari toʻgʻrisidagi murojaatlari asosida oʻtkaziladigan tekshirish yoki tadbirkorlik subyektlari faoliyati tavakkalchiligini tahlil etish natijalarining yakunlari boʻyicha davlat soliq xizmati organlari tashabbusiga koʻra tekshirishni oʻtkazish uchun asos boʻladi, ushbu rozilikda tekshiriladigan obyektning nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, tekshiruvning maqsadlari, oʻtkazilish muddatlari va tekshiruvni asoslovchi sabablar koʻrsatiladi.

Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organni xabardor etish tartibida tekshiruvni oʻtkazish uchun davlat soliq xizmati organining tekshiruvni oʻtkazish maqsadlari, muddatlari va tekshiruvchi mansabdor shaxslar tarkibi koʻrsatilgan buyrugʻi asos boʻladi.

Tugatilayotgan yuridik shaxsni va faoliyati tugatilayotganda yagona soliq toʻlovini toʻlovchi boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorni soliq tekshiruvidan oʻtkazish uchun:

tugatuvchining yoki yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organning yuridik shaxs tugatilayotganligi va yagona soliq toʻlovini toʻlovchi boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati tugatilayotganligi toʻgʻrisidagi yozma bildirishi;

davlat soliq xizmati organining tekshiruvni oʻtkazish maqsadlari, muddatlari va tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tarkibi koʻrsatilgan buyrugʻi asos boʻladi»;

18) 89-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Tadbirkorlik subyektlari faoliyatining soliq tekshiruvini oʻtkazish muddati oʻttiz kalendar kundan oshmasligi kerak.

Soliq tekshiruvi muddatlarini uzaytirish davlat soliq xizmati organining qoʻshimcha buyrugʻi bilan rasmiylashtirilib, unda oldingi buyruqning roʻyxatdan oʻtkazish raqami hamda sanasi, tekshiruv oʻtkazishga ilgari jalb etilgan mansabdor shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi koʻrsatiladi.

Qisqa muddatli soliq tekshiruvini oʻtkazish muddati oʻn ish kunidan oshmasligi kerak. Bunda tegishli ruxsatnomalarsiz alkogol va tamaki mahsulotlarining ishlab chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishini, qalbaki aksiz markali yoki aksiz markasi mavjud boʻlmagan alkogol va tamaki mahsulotlarining ishlab chiqarilishini yoki realizatsiya qilinishini qisqa muddatli tekshirishlarni, shuningdek taqiqlangan tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqarilishi va realizatsiya qilinishi faktlariga barham berish boʻyicha qisqa muddatli tekshirishlarni oʻtkazish muddati bir ish kunidan oshmasligi lozim.

Tadbirkorlik subyektlari faoliyatining tegishli soliq tekshiruvini oʻtkazish muddati nazorat qiluvchi organlarning asoslantirilgan talabnomalariga koʻra, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organning ruxsatnomasiga binoan faqat bir marta uzaytirilishi mumkin. Bunda tegishli tekshiruvning uzaytirilgan muddati uni uzaytirishning asosiy muddatidan oshmasligi kerak.

Soliq tekshiruvini tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqning ijrosi sud tomonidan toʻxtatilgan taqdirda, soliq tekshiruvini oʻtkazish muddatini hisoblash ham toʻxtatiladi»;

19) 96-moddaning:

birinchi qismidagi “uchinchi va toʻrtinchi qismlarida” degan soʻzlar “uchinchi – beshinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:

“Soliq toʻlovchi boʻlgan yuridik shaxslarning banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish ushbu modda ikkinchi qismining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda davlat soliq xizmati organlarining qarorlari asosida ham amalga oshirilishi mumkin”;

uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;

20) 120-modda ikkinchi xatboshisining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«toʻlovning belgilangan muddatidan keyingi kundan eʼtiboran muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun, toʻlov kuni ham shunga kiradi, 0,045 foiz miqdorida penya hisoblashga sabab boʻladi, agar penyani hisoblash soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshirilsa, – 0,06 foiz miqdorida penya hisoblashga sabab boʻladi;

21) 128-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Soliq solinadigan baza jami daromad bilan ushbu boʻlimda nazarda tutilgan chegirib tashlanadigan xarajatlar oʻrtasidagi farq sifatida, mazkur Kodeks 158-moddasining ikkinchi qismida, boshqa qonunlarda va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida, alohida hollarda esa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan imtiyozlar hamda ushbu Kodeksning 159-moddasiga muvofiq soliq solinadigan foydaning kamaytirilishi summalari inobatga olingan holda hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqib belgilanadi”;

22) 130-moddaning birinchi qismidagi “qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz soligʻi hamda benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq” degan soʻzlar “qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

23) 144-moddaning jadvalidagi:

“Binolar, imoratlar va inshootlar” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Amortizatsiyaning yillik eng yuqori normasi, foizlarda” grafasidagi V guruhning 1–3-kichik guruhlaridagi “8” raqami

“4” raqami bilan almashtirilsin»;

24) 145-modda:

11-bandidagi “qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻini kiritgan holda mahsulotni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish tushumi hajmining bir foizi doirasida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

14-bandining:

“b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“b) tasdiqlovchi hujjatlar asosida joyni ijaraga olish uchun sarflangan haqiqiy xarajatlar, shu jumladan joyni band qilib qoʻyish xarajatlari”;

“v” kichik bandidagi “qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

15-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«15) qonunlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq amalga oshiriladigan kompensatsiya toʻlovlari, ushbu Kodeksning 
143-moddasida koʻrsatilganlari bundan mustasno»;

21-bandi “ushbu Kodeks 147-moddasining 14 va 15-bandlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

30-bandidagi “shuningdek sogʻliqni saqlash va dam olishni tashkil qilish tadbirlariga xarajatlar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

32-bandidagi “tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻini qoʻshgan holda tushgan tushum hajmining 2 foizi doirasidagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

55-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“55) mehnatda mayib boʻlganlik, kasb kasalligi yoki sogʻliqqa boshqacha shikast yetganligi bilan bogʻliq zararning oʻrnini qoplash boʻyicha toʻlovlar”;

61 – 63-bandlari quyidagi mazmundagi 61 va 62-bandlar bilan almashtirilsin:

«61) ishonchli boshqaruvchilar xizmatlarining qiymatini toʻlashga doir xarajatlar;

“62) boshqa xarajatlar, bundan ushbu Kodeksning 147-moddasida koʻrsatilgan xarajatlar mustasno”;

25) 147-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«147-modda. Chegirilmaydigan xarajatlar

Soliq solinadigan foydani aniqlashda chegirilmaydigan xarajatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

1) moddiy qimmatliklarning tabiiy kamayishi normalaridagi ortiqcha yoʻqotishlar va buzilishlar;

2) umumiy ovqatlanish korxonalariga yoki boshqa chet tashkilotlarga joylarni bepul berish xarajatlari, ushbu korxonalar va tashkilotlar uchun kommunal xizmatlar koʻrsatish qiymatini toʻlash;

3) soliq toʻlovchining ushbu Kodeksning 177-moddasida nazarda tutilgan, jismoniy shaxsning moddiy naf tarzidagi daromadlari hisoblanadigan xarajatlari;

4) dala taʼminoti, xizmat maqsadida xodimning shaxsiy avtotransportdan foydalanganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha toʻlangan toʻlovlar;

5) pensiyalarga qoʻshimcha va ustamalar;

6) xodimlarga toʻlanadigan moddiy yordam, bundan ushbu Kodeksning 143 va 145-moddalarida nazarda tutilgan moddiy yordam mustasno;

7) badallar, homiylik va xayriya yordami tarzidagi mablagʻlar;

8) qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiq holda atrof muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari;

9) kredit shartnomasida muddatli qarzlar uchun nazarda tutilgan stavkalardan ortiqcha boʻlgan, toʻlov muddati oʻtgan hamda uzaytirilgan kreditlar (zayomlar) boʻyicha foizlar;

10) loyihalardagi va qurilish-montaj ishlaridagi kamchiliklarni, shuningdek obyekt yonidagi omborgacha tashib keltirilishi chogʻida yuz bergan buzilishlar va deformatsiyalarni bartaraf etish boʻyicha xarajatlar, korroziyaga qarshi muhofazadagi nuqsonlar tufayli taftish oʻtkazish (asbob-uskunalarni qismlarga ajratish) xarajatlari, mazkur xarajatlarni kamchiliklar, buzilishlar yoki zararlar uchun javobgar boʻlgan mahsulot yetkazib beruvchi yoki boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar hisobidan oʻrnini qoplash mumkin boʻlmagan miqdordagi boshqa shunga oʻxshash xarajatlar;

11) aybdorlari aniqlanmagan oʻgʻirliklar va kamomadlardan yoki zarur summalarning oʻrnini aybdor taraf hisobidan qoplash mumkin boʻlmaganda koʻrilgan zararlar;

12) soliq toʻlovchining asosiy vositalari chiqib ketishidan (balansdan chiqarilishidan) koʻrilgan (buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan) zararlar, bundan ushbu Kodeks 
145-moddasi 40-bandining “ye” va “j” kichik bandlarida koʻrsatilgan zararlar mustasno;

13) xoʻjalik shartnomalari shartlarini va qonun hujjatlarini buzganlik uchun toʻlangan yoki tan olingan jarimalar, penya hamda boshqa turdagi sanksiyalar;

14) Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti va boshqa shaxslar uchun toʻlangan soliqlar;

15) tekshiruvlar natijalariga koʻra qoʻshimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar;

16) soliq toʻlovchining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bogʻliq boʻlmagan tadbirlar (sogʻliqni saqlash, sport va madaniyat tadbirlari, dam olishni tashkil etish va hokazo) uchun xarajatlar;

17) kasaba uyushmasi qoʻmitalariga yordam koʻrsatish;

18) mahsulot ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarni (xizmatlarni) bajarish uchun xarajatlar (shaharlar va shaharchalarni obodonlashtirish ishlari, qishloq xoʻjaligiga yordam koʻrsatish va boshqa turdagi ishlar)»;

26) 156-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Davlat obligatsiyalari va davlatning boshqa qimmatli qogʻozlari boʻyicha daromadlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslarning xalqaro obligatsiyalari boʻyicha daromadlar soliqqa tortishdan ozod etiladi”;

27) quyidagi mazmundagi 1591-modda bilan toʻldirilsin:

«1591-modda. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi

stavkalari

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida toʻlanadigan daromadlarga 5 foizli stavka boʻyicha soliq solinadi»;

28) 163-modda uchinchi qismining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;

29) 169-moddaning ikkinchi qismidagi «ushbu Kodeksning 
58-bobiga muvofiq qatʼiy belgilangan soliq» degan soʻzlar “ushbu Kodeksning XX boʻlimiga muvofiq yagona soliq toʻlovi yoki qatʼiy belgilangan soliq” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

30) 174-moddaning 1-bandi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

“Bunda yuridik shaxslar xodimlarining choʻl va suvsiz joylarda, baland togʻli va tabiiy-iqlim sharoiti noqulay hududlarda ishlaganlik uchun ish haqiga koeffitsiyentlar hisoblashning eng yuqori summasi hisoblash sanasidagi holatga koʻra belgilangan eng kam ish haqining toʻrt baravari miqdorida belgilanadi”;

31) 180-modda birinchi qismining 6 va 7-bandlari chiqarib tashlansin;

32) 181-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«181-modda. Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan soliq stavkalari

Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan jismoniy shaxsning daromadlariga, bundan dividendlar va foizlar tarzida toʻlanadigan daromadlar mustasno, 12 foizli stavka boʻyicha soliq solinadi.

Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida toʻlanadigan daromadlarga 5 foizli stavka boʻyicha soliq solinadi»;

33) 183-moddaning ikkinchi qismidagi “Yil choragi” degan soʻz “Yil oyi” degan soʻz bilan almashtirilsin;

34) 186-modda:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Eng kam ish haqining karrali miqdorlarida nazarda tutilgan imtiyozlarni hisoblab chiqarish uchun eng kam ish haqi miqdorining joriy yil 1 yanvaridagi holati inobatga olinadi”;

beshinchi qismidagi “belgilangan eng yuqori stavka boʻyicha” degan soʻzlar “ushbu Kodeks 179-moddasi 1-bandining toʻrtinchi xatboshisida hamda 180-moddasida nazarda tutilgan imtiyozlar qoʻllanilmagan holda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

yettinchi qismining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;

toʻqqizinchi qismi chiqarib tashlansin;

oʻninchi va oʻn birinchi qismlari tegishincha toʻqqizinchi va oʻninchi qismlar deb hisoblansin;

35) 187-modda:

1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“1) soliq davri tugaganidan keyin oʻttiz kun ichida davlat soliq xizmati organlariga toʻlov manbaidan soliq solinmagan moddiy naf tarzida daromadlar olgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisida, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan shaklda maʼlumotnoma taqdim etish”;

2-bandidagi “yilning har choragida” degan soʻzlar “yilning har oyida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

«Maʼlumotlarda hisoblangan quyidagi:

mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar, jismoniy shaxslarning daromadlaridan ushlangan soliq summalari va har bir jismoniy shaxs boʻyicha fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobraqamlariga toʻlangan badallar toʻgʻrisidagi;

mulkiy daromadlar (bundan dividendlar va foizlar mustasno) va moddiy naf tarzidagi daromadlar, har bir jismoniy shaxs boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining toʻlov manbaida ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi axborot aks ettiriladi»;

36) 188-modda birinchi qismi ikkinchi xatboshisining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“pul mablagʻlarini olish uchun xizmat koʻrsatuvchi bankka hujjatlarni taqdim etish bilan bir vaqtda, biroq hisob-kitoblarni taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay”;

37) 189-modda:

birinchi qismining:

beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

oltinchi va yettinchi xatboshilari tegishincha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Agar soliq toʻlovchining asosiy boʻlmagan ish joyidan olgan daromadlaridan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi uning arizasiga koʻra ushlab qolingan boʻlsa, daromadlar toʻgʻrisida deklaratsiya 
taqdim etilmaydi, bundan ushbu modda birinchi qismining beshinchi va oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan daromadlar mustasno»;

38) 192-modda:

quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan toʻldirilsin:

“Koʻchmas mulkning ijara shartnomasi davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyilayotganda boshlangʻich deklaratsiya taqdim etilmaydi”;

sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlari tegishincha toʻqqizinchi va oʻninchi qismlar deb hisoblansin;

oʻninchi qismidagi “eng yuqori stavka boʻyicha” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

39) 193-modda uchinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Mol-mulkni ijaraga berishdan daromadlar oladigan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini taqdim etilgan dastlabki deklaratsiya yoki davlat soliq xizmati organining xabarnomasi asosida, daromad olingan oydan keyingi oyning beshinchi sanasigacha har oyda toʻlaydi”;

40) 197-modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

«Alohida toifadagi soliq toʻlovchilar uchun, aksiz soligʻi toʻlanadigan mahsulot ishlab chiqarishni va yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni qazib olishni amalga oshiruvchilar bundan mustasno, ushbu Kodeksninng 401-bobida belgilangan tartibda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibi 2021 yil 1 yanvargacha boʻlgan davrga belgilanadi»;

41) 204-moddaning:

yettinchi  toʻqqizinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Aksiz toʻlanadigan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha soliq solinadigan bazaga aksiz soligʻining summasi kiritiladi, bundan ushbu moddaning yigirmanchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Asosiy vositalarni, nomoddiy aktivlarni va qurilishi tugallanmagan obyektlarni realizatsiya qilish chogʻida, agar ushbu moddaning oʻn uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq solinadigan baza ularni realizatsiya qilish qiymati asosida, biroq ularning qoldiq (balans) qiymatidan kam boʻlmagan, qoʻshilgan qiymat soligʻi kiritilmagan holda aniqlanadi.

Mol-mulkni moliyaviy ijaraga, shu jumladan lizingga berish chogʻida soliq solinadigan baza chiqib ketayotgan aktiv qiymati asosida, unga qoʻshilgan qiymat soligʻini kiritmagan holda aniqlanadi. Bunda chiqib ketayotgan aktivning qiymati shunday summa sifatida belgilanadiki, unga koʻra moliyaviy ijara ijaraga beruvchining buxgalteriya hisobida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan aktiv sifatida tan olinadi»;

oʻninchi qismi chiqarib tashlansin;

oʻn birinchi – yigirma birinchi qismlari tegishincha oʻninchi  yigirmanchi qismlardeb hisoblansin;

oʻn yettinchi qismining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;

yigirmanchi qismidagi “benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq” degan soʻzlar “benzin, dizel yoqilgʻisi va gazni yakuniy isteʼmolchiga realizatsiya qilish chogʻida toʻlanadigan aksiz soligʻi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin»;

42) 208-moddaning 28-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“28) oʻzi yetishtirgan qishloq xoʻjaligi mahsuloti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan roʻyxat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlari”;

43) 37-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«37-bob. Imtiyozlar. Qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi»;

44) quyidagi mazmundagi 2111-modda bilan toʻldirilsin:

«2111-modda. Qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi

Agar ushbu Kodeksning 38-bobida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmasiga 
20 foizli stavka boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadi»;

45) 218-modda:

oltinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtilganda, shu jumladan belgilangan yillik aylanmaning (olingan tushumning) eng koʻp miqdoridan oshgan va (yoki) qoʻshilgan qiymat soligʻini ixtiyoriy toʻlashga oʻtilgan taqdirda, yuridik shaxs tovar-moddiy zaxiralarning qoldiqlari, uzoq muddatli aktivlar boʻyicha, shuningdek ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan talablarni hisobga olgan holda oʻtilgan paytdan eʼtiboran qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini hisobga olish huquqiga ega boʻladi”;

quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi – oʻn uchinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

«Tadbirkorlik faoliyati doirasida foydalaniladigan koʻchmas mulk sotib olinganda, barpo etilganda, ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida olinganda, oluvchi qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini 
36 kalendar oy davomida teng ulushlarda hisobga olish huquqiga ega boʻladi.

Asosiy vositalar, bundan koʻchmas mulk mustasno, va nomoddiy aktivlar sotib olinganda, ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida olinganda, oluvchi qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini 12 oy davomida teng ulushlarda hisobga olish huquqiga ega boʻladi.

Qurilishi tugallanmagan obyekt sotib olinganda (barpo etilganda) soliq toʻlovchi qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini ushbu moddaning toʻqqizinchi va oʻninchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda, uni foydalanishga topshirgan paytdan eʼtiboran hisobga olish huquqiga ega boʻladi.

Asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va qurilishi tugallanmagan obyektlar ushbu moddaning toʻqqizinchi – oʻn birinchi qismlarida nazarda tutilgan davr tugaguniga qadar realizatsiya qilingan taqdirda, hisobga olinishi lozim boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining qolgan summasi toʻliq hisobga olinadi.

Mol-mulkni moliyaviy ijaraga, shu jumladan lizingga berishda hisobga kiritiladigan qoʻshilgan qiymat soligʻining summasi toʻliq hisobga olinadi»;

46) 219-moddaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“1) 2019 yilning 1 yanvariga qadar sotib olingan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va qurilishi tugallanmagan obyektlar boʻyicha; tadbirkorlik faoliyati doirasida foydalanilmaydigan yoki soliq solinmaydigan aylanma maqsadida foydalaniladigan, sotib olinadigan koʻchmas mulk boʻyicha”;

47) 220-moddaning ikkinchi qismi “tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlari” degan soʻzlardan keyin “uzoq muddatli aktivlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

48) 222-modda birinchi qismining:

8-bandidagi “tovarlar” degan soʻz “tovarlar (xizmatlar)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

91-bandi chiqarib tashlansin;

10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“10) realizatsiya qilingan tovarlar, bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar jami sonining (hajmining) aksiz toʻlanadigan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha aksiz soligʻi va qoʻshilgan qiymat soligʻi hisobga olingan holdagi qiymati”;

49) 223-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Yil oyi hisobot davridir”;

50) 225-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Qoʻshilgan qiymat soligʻining hisob-kitobi soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa – yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi”;

51) 226-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash har oyda keyingi oyning 
25-kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi»;

52) quyidagi mazmundagi 401-bob bilan toʻldirilsin:

«401-bob. Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibi

2261-modda. Soddalashtirilgan tartibni qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari

Soliq davri davomida yalpi tushumi uch milliard soʻmdan oshmaydigan yuridik shaxslar, shu jumladan yagona soliq toʻlovi toʻlovchilari hisoblangan yuridik shaxslar qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning ushbu bobda belgilangan soddalashtirilgan tartibini tanlash huquqiga ega.

Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibiga oʻtish uchun ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilar soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibiga oʻtish toʻgʻrisida yozma xabarnomani quyidagi muddatlarda taqdim etadi:

oʻtgan yil yakunlari boʻyicha yalpi tushumi uch milliard soʻmdan oshmagan yuridik shaxslar – joriy yilning 1 fevralidan kechiktirmasdan;

soliq davri davomida yalpi tushumi bir milliard soʻmdan oshgan yuridik shaxslar – yalpi tushumi bir milliard soʻmdan oshgan oydan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan;

ixtiyoriy ravishda qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash istagini bildirgan yuridik shaxslar – hisobot davri boshlanishidan bir oy oldin, yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar esa, oʻz faoliyatini amalga oshirishni boshlagunga qadar.

Soliq toʻlovchilar qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibiga:

ushbu moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilganlar – hisobot yilining boshidan;

ushbu moddaning ikkinchi qismi uchinchi xatboshisida koʻrsatilganlar – yalpi tushumi bir milliard soʻmdan oshgan oydan keyingi oyning boshidan;

ushbu moddaning ikkinchi qismi toʻrtinchi xatboshisida koʻrsatilganlar – hisobot davrining boshidan, yangi tashkil etilganlar esa, faoliyatini boshlagandan oʻtadi.

Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibidan ixtiyoriy ravishda voz kechilganda soliq toʻlovchilar ushbu Kodeksning 35–40-boblarida nazarda tutilgan qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning umumbelgilangan tartibiga hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning umumbelgilangan tartibiga oʻtish toʻgʻrisida yozma xabarnoma taqdim etilgan oydan keyingi oyning boshidan oʻtadi.

Soliq davri davomida yalpi tushumi uch milliard soʻmdan oshgan, qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibini qoʻllayotgan soliq toʻlovchilar, yalpi tushumi belgilangan meʼyoriy miqdordan oshgan oydan keyingi oyning boshidan qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning umumbelgilangan tartibiga oʻtadi.

Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning umumbelgilangan tartibiga oʻtilganda yuridik shaxs ushbu tartibga oʻtilgan paytdan eʼtiboran tovar-moddiy zaxirasi, uzoq muddatli aktivlar qoldiqlari, shuningdek tayyor mahsulot qoldiqlari boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini ushbu Kodeksning 218-moddasida belgilangan talablarni inobatga olgan holda hisobga olish huquqiga ega boʻladi.

Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning umumbelgilangan tartibini qoʻllayotgan yoki ushbu tartibga oʻtgan soliq toʻlovchilar qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibiga oʻtishga haqli emas.

Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibini qoʻllayotgan soliq toʻlovchilar ushbu Kodeksning 37-bobida, boshqa qonun hujjatlarida va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida, alohida hollarda esa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilagan imtiyozlarni qoʻllash huquqiga ega.

Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibini qoʻllayotgan soliq toʻlovchilar tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib oluvchiga taqdim etilayotgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi va summasini koʻrsatgan holda hisobvaraq-faktura taqdim etishi shart.

Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibini qoʻllayotgan soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan hisobvaraq-faktura qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning umumbelgilangan tartibini qoʻllayotgan soliq toʻlovchi uchun ushbu Kodeksning 218-moddasiga muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olish uchun asos boʻladi.

2262-modda. Soliq davri. Hisobot davri

Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibi doirasida kalendar yil soliq davri hisoblanadi.

Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibi doirasida hisobot davri bir oy hisoblanadi.

2263-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi

Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibi doirasida quyidagilar soliq solish obyekti hisoblanadi:

1) ushbu Kodeksning 199 va 200-moddalarida belgilangan tartibda aniqlanadigan soliq solinadigan oborot. Bunda ushbu Kodeksning 38-bobida nazarda tutilgan, nol darajali stavka boʻyicha soliq solinadigan oborot qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibi doirasida soliq solinmaydigan oborot hisoblanadi.

2) ushbu Kodeksning 201-moddasida belgilangan tartibda aniqlanadigan soliq solinadigan import.

Realizatsiya qilish oboroti amalga oshirilgan sana ushbu Kodeksning 203-moddasida belgilangan tartibda aniqlanadi.

Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibi doirasida soliq solinadigan baza realizatsiya qilinayotgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati asosida, unga qoʻshilgan qiymat soligʻini kiritmasdan belgilanadi.

Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibi doirasida soliq toʻlovchining soliq solinadigan bazasiga tuzatish kiritish ushbu Kodeksning 205-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Soliq solinadigan oborotlar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi ushbu moddaning uchinchi qismiga muvofiq aniqlangan soliq solinadigan baza va ushbu Kodeksning 2264-moddasida belgilangan farqlangan stavkalardan kelib chiqqan holda ushbu Kodeksning 39-bobida nazarda tutilgan soliqni hisobga olishni qoʻllamasdan hisoblab chiqariladi.

Ushbu Kodeksga asosan zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan amalga oshiriladigan soliq solinadigan oborotlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlash boʻyicha majburiyat yuklatiladigan, shuningdek tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qiluvchi yuridik shaxslar qoʻshilgan qiymat soligʻini ushbu Kodeksning 206 va 
207-moddalarida nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda mazkur Kodeksning 2111-moddasida belgilangan stavkalar boʻyicha hisoblab chiqaradi.

2264-modda. Qoʻshilgan qiymat soligʻining farqlangan stavkalari

Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibiga oʻtgan soliq toʻlovchilar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻining farqlangan stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

Qoʻshilgan qiymat soligʻining turli farqlangan stavkalari belgilangan bir necha faoliyat turlari bilan shugʻullanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilar ushbu faoliyat turlari boʻyicha alohida-alohida hisob yuritish hamda soliq toʻlovchilarning tegishli toifalari uchun belgilangan stavkalar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashi kerak.

2265-modda. Soliq hisob-kitoblarini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi

Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibi doirasida qoʻshilgan qiymat soligʻining hisob-kitobi soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa, yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.

Soliq toʻlovchilar qoʻshilgan qiymat soligʻining hisob-kitobi bilan bir vaqtda soliq davri mobaynida realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha hisobvaraq-fakturalar reyestrini taqdim etadi. Hisobvaraq-faktura shakli, uni toʻldirish tartibi, shuningdek hisobvaraq-fakturalar reyestrini yuritish shakli va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

Qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq soliq hisob-kitobini taqdim etish kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Import qilinadigan tovarlar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi»;

53) 229-moddaning birinchi qismi:

quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:

«Oʻzbekiston Respublikasi hududida aksiz soligʻi solinadigan (aksiz toʻlanadigan xizmatlar) mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchilar;

benzin, dizel yoqilgʻisini yakuniy isteʼmolchilarga realizatsiya qilishni, shu jumladan avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilishni, shuningdek gazni avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar. Ushbu boʻlimni qoʻllash maqsadida yakuniy isteʼmolchilar deganda oʻz ehtiyojlari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi hamda gaz oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi»;

uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari tegishincha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;

54) 230-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi va 
8-bandlar
 bilan toʻldirilsin:

«7) benzin, dizel yoqilgʻisi va gazni yakuniy isteʼmolchilarga realizatsiya qilish yoki ulardan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanish, bundan ixtisoslashtirilgan gaz taʼminoti korxonalari orqali aholiga maishiy ehtiyojlar uchun realizatsiya qilinadigan suyultirilgan gaz mustasno;

8) aksiz toʻlanadigan xizmatlar koʻrsatish»;

55) 231-moddaning:

nomi “tovarlarga” degan soʻzdan keyin “(xizmatlarga)” degan soʻz bilan toʻldirilsin;

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Aksiz toʻlanadigan tovarlar (xizmatlar) oluvchiga joʻnatilgan (topshirilgan) kun, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, aksiz toʻlanadigan tovarlarga (xizmatlarga) doir soliq solinadigan operatsiyalar amalga oshirilgan sanadir”;

56) 232-modda:

quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:

“Qatʼiy va advalor stavkalardan tashkil topgan aralash stavkalar belgilangan, aksiz soligʻi toʻlanadigan tovarlar boʻyicha soliq solinadigan baza aksiz toʻlanadigan tovarlarning natura holidagi hajmidan hamda (agar ushbu moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa) realizatsiya qilingan, aksiz toʻlanadigan tovarlarning aksiz soligʻi va qoʻshilgan qiymat soligʻi kiritilmagan qiymatidan kelib chiqib aniqlanadi”;

beshinchi qismi oltinchi qism deb hisoblansin;

quyidagi mazmundagi yettinchi va sakkizinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

«Aksiz soligʻini, qoʻshilgan qiymat soligʻini va mobil aloqa xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (aloqa kompaniyalari) tomonidan toʻlanadigan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovni oʻz ichiga olmaydigan, aksiz toʻlangan holda koʻrsatilgan xizmatlarning qiymati aksiz toʻlanadigan xizmatlar boʻyicha soliq solish bazasi hisoblanadi.

Benzinni, dizel yoqilgʻisini va gazni yakuniy isteʼmolchilarga realizatsiya qilish chogʻida realizatsiya qilingan hamda shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalanilgan benzin, dizel yoqilgʻisi va gazning natural holida ifodalangan hajmi soliq solinadigan baza hisoblanadi»;

57) 235-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«235-modda. Aksiz toʻlanadigan tovarlar va xizmatlarning roʻyxati. Aksiz soligʻi stavkalari

Aksiz toʻlanadigan tovarlar va xizmatlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi.

Aksiz soligʻi stavkalari tovarning yoki xizmatning qiymatiga nisbatan foizlarda (advalor), naturada ifodalangan oʻlchov birligiga nisbatan mutlaq summada (qatʼiy), shuningdek advalor va qatʼiy stavkalardan tashkil topgan aralash stavkada belgilanadi»;

58) 236-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

“Benzin, dizel yoqilgʻisi va gazni yakuniy isteʼmolchilarga realizatsiya qilishda aksiz soligʻi summasi realizatsiya qilinadigan benzinning, dizel yoqilgʻisining va gazning narxida hisobga olinadi. Benzin, dizel yoqilgʻisi va gazdan shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalanilganda aksiz soligʻining hisoblangan summasi soliq toʻlovchining xarajatlari jumlasiga kiritiladi”;

59) 237-modda chiqarib tashlansin;

60) 239-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Aksiz soligʻining hisob-kitobi soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga har oyda soliq davridan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi, bundan avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari orqali benzin, dizel yoqilgʻisi va gazni realizatsiya qilish hollari mustasno. Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari orqali benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz realizatsiya qilinganda hisob-kitob avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladi”;

61) 247-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

“Foydali qazilmalarning alohida turlari boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq summasi soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda belgilanadi, lekin u yer qaʼridan foydalanganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan soliq summasidan past boʻlmasligi kerak”;

ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;

toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq toʻlash har oyda keyingi oyning 25-sanasidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa – yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi”;

62) 250-moddadagi “va boshqa majburiy toʻlovlar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

63) 257-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“yagona yer soligʻini toʻlovchilar, agar ushbu Kodeksning 57-bobida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa”;

64) 259-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Foydalanilgan suvning hajmi ushbu Kodeks 261-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq soliqqa tortilmaydigan suv hajmi chegirilgan holda soliq solinadigan baza hisoblanadi”;

65) 260-modda quyidagi mazmundagi oʻn birinchi qism bilan toʻldirilsin;

“Faoliyat turlari boʻyicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchi suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlash nazarda tutilmagan faoliyat turlarini amalga oshirgan taqdirda, soliq solinadigan baza soliq solinadigan va soliq solinmaydigan suv resurslarining hajmi hisobini alohida-alohida yuritish asosida aniqlanadi. Alohida-alohida hisob yuritish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, soliq solinadigan baza faoliyatdan olinadigan sof tushumning umumiy hajmida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlash nazarda tutilgan sof tushumning solishtirma salmogʻidan kelib chiqqan holda aniqlanadi”;

66) 263-moddaning beshinchi qismi chiqarib tashlansin;

67) 265-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“yagona yer soligʻini toʻlovchilar, agar ushbu Kodeksning 57-bobida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa”;

68) 266-modda birinchi qismining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“3) tugallanmagan qurilish obyektlari. Tugallanmagan qurilish obyektlari jumlasiga ushbu qurilish obyektiga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan obyektlar, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan boʻlsa, ushbu obyektlarning qurilishiga vakolatli organning ruxsati olingan oydan eʼtiboran yigirma toʻrt oy ichida qurilishi tugallanmagan obyektlar kiradi”;

69) 269-modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

“Ushbu moddada nazarda tutilgan imtiyozlar normativ muddatda tugallanmagan qurilish obyektlariga, boʻsh turgan binolarga, yashash uchun moʻljallanmagan inshootlarga, shuningdek qaysi foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari boʻyicha ulardan samarasiz foydalanilayotganligi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xulosa chiqarilgan boʻlsa, oʻsha obyektlarga nisbatan qoʻllanilmaydi”;

70) quyidagi mazmundagi 2691-modda bilan toʻldirilsin:

«2691-modda. Soliq stavkasi

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi soliq solinadigan bazaning 2 foizi miqdorida belgilanadi.

Normativ muddatlarda belgilanmagan jihozlar va normativ muddatda tugallanmagan qurilish obyektlariga mol-mulk soligʻi, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ikki karra oshirilgan stavkada toʻlanadi.

Normativ muddatda tugallanmagan qurilish obyektlari, boʻsh turgan binolar, yashash uchun moʻljallanmagan inshootlar boʻyicha, shuningdek foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari boʻyicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq ushbu maydonlardan samarasiz foydalanilayotganligi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chiqarilgan xulosa asosida, oshirilgan stavkalar boʻyicha toʻlanadi»;

71) 271-moddaning:

ikkinchi va uchinchi qismlari chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi – oʻn uchinchi qismlari tegishincha ikkinchi – oʻn birinchi qismlar deb hisoblansin;

beshinchi qismi chiqarib tashlansin;

oltinchi – oʻn birinchi qismlari tegishincha beshinchi – oʻninchi qismlar deb hisoblansin;

72) 272-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Agar koʻchmas mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlash imkoni boʻlmasa, shuningdek koʻchmas mulk mulkdori vafot etgan taqdirda, bu mol-mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida boʻlsa, oʻsha shaxs soliq toʻlovchidir”;

73) 275-moddaning toʻrtinchi qismi chiqarib tashlansin;

74) 276-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Jismoniy shaxslar soliq solish obyektlaridan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanganda yoxud bu obyektlar yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda, shuningdek jismoniy shaxslarning mulkida boʻlgan yashash uchun moʻljallanmagan binolar boʻyicha jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq yuridik shaxslar uchun belgilangan stavka boʻyicha toʻlanadi hamda ushbu Kodeksning 
275-moddasida koʻrsatilgan imtiyozlar ularga nisbatan tatbiq etilmaydi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno»;

75) 279-modda toʻrtinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“yagona yer soligʻini toʻlovchilar, agar ushbu Kodeksning 57-bobida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa”;

76) 281-modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

“Yer soligʻini toʻlovchi yer soligʻini toʻlash nazarda tutilmagan faoliyat turlarini amalga oshirganda, soliq solinadigan baza soliq solinadigan va soliq solinmaydigan yer uchastkalari boʻyicha alohida-alohida hisob yuritish asosida aniqlanadi. Alohida-alohida hisob yuritish imkoniyati boʻlmaganda, soliq solinadigan baza olinadigan sof tushumning umumiy hajmida yer soligʻini toʻlash nazarda tutilgan faoliyatdan olinadigan sof tushumning solishtirma salmogʻidan kelib chiqqan holda aniqlanadi”;

77) 283-modda:

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Normativ muddatda tugallanmagan qurilish obyektlari, boʻsh turgan binolar, yashash uchun moʻljallanmagan inshootlar, shuningdek foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari joylashgan yer uchastkalari boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi ulardan samarasiz foydalanilayotganligi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chiqarilgan xulosa asosida, oshirilgan stavkalar boʻyicha toʻlanadi hamda ushbu Kodeksning 282-moddasida koʻrsatilgan imtiyozlar ularga nisbatan tatbiq etilmaydi”;

toʻrtinchi qismi chiqarib tashlansin;

78) 285-moddaning beshinchi qismi chiqarib tashlansin;

79) 286-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Yer soligʻini toʻlash:

mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan – yer soligʻi yillik summasining toʻrtdan bir qismi miqdorida, har chorak birinchi oyining 
10-sanasigacha;

mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan – yer soligʻi yillik summasining oʻn ikkidan bir qismi miqdorida, har oyning 10-sanasigacha»;

80) XIV boʻlim chiqarib tashlansin;

81) 51-bobning nomidagi “va fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

82) 305-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Yagona ijtimoiy toʻlovni toʻlovchilar quyidagilardan iborat:

Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar;

Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa, chet ellik yuridik shaxslarning vakolatxonalari va filiallari orqali amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari;

ushbu Kodeksning 311-moddasida belgilangan tartibga muvofiq yagona ijtimoiy toʻlovni toʻlaydigan ayrim toifadagi jismoniy shaxslar»;

83) 306-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Ushbu Kodeksning 172-moddasida koʻrsatilgan ish haqi tarzidagi daromadlar yagona ijtimoiy toʻlovning soliq solish obyektidir. Bunda Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslar uchun yagona ijtimoiy toʻlovning soliq solish obyekti ularning Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga ishlash uchun yuborilguniga qadar oxirgi ish joyi boʻyicha olingan, Oʻzbekiston Respublikasida byudjet muassasalari xodimlari uchun ish haqi oshirilishi hisobga olingan holda qayta hisoblanadigan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi”;

84) 307-moddaning birinchi qismidagi “va sugʻurta badallarini” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

85) 308-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Yagona ijtimoiy toʻlov quyidagilarga nisbatan hisoblanmaydi:

1) mehnatda mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha shikast yetganlik bilan bogʻliq zararning oʻrnini qoplash uchun ushbu Kodeks 171-moddasi ikkinchi qismining 9-bandida koʻrsatilgan miqdorlardan ortiqcha olingan summalarga;

2) quyidagi grant mablagʻlari hisobiga olinadigan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga:

davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro va chet el hukumatga qarashli tashkilotlar tomonidan berilgan grant mablagʻlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadigan roʻyxatga kiritilgan xalqaro va chet el nohukumat tashkilotlari tomonidan berilgan grant mablagʻlari;

Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida berilgan grant mablagʻlari;

3) aksiyadorlik jamiyatlarining boshqaruv xodimlari sifatida jalb qilingan chet ellik xodimlarining mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlariga;

4) paxta yigʻim-terimi boʻyicha qishloq xoʻjaligi ishlariga jalb qilingan jismoniy shaxslar tomonidan bu ishlarni bajarganlik uchun olinadigan daromadlarga»;

86) quyidagi mazmundagi 3081-modda bilan toʻldirilsin:

«3081-modda. Yagona ijtimoiy toʻlov stavkalari

Agar ushbu Kodeksning 311-moddasida va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, yagona ijtimoiy toʻlov stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

87) 310-moddaning:

nomidagi «va sugʻurta badallarini» degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Yagona ijtimoiy toʻlov soliq solinadigan bazadan hamda belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda har oyda hisoblab chiqariladi.

Yagona ijtimoiy toʻlov ish beruvchining va ayrim toifadagi jismoniy shaxslarning mablagʻlari hisobidan toʻlanadi»;

uchinchi va toʻrtinchi qismlaridagi “Yagona ijtimoiy toʻlov va sugʻurta badallarining”, “yagona ijtimoiy toʻlov va sugʻurta badallariga”, “Yagona ijtimoiy toʻlov va sugʻurta badallarini” degan soʻzlar tegishincha “Yagona ijtimoiy toʻlovning”, “yagona ijtimoiy toʻlovga”, “Yagona ijtimoiy toʻlovni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

88) 311-modda:

nomidagi “sugʻurta badallarini” degan soʻzlar “yagona ijtimoiy toʻlovni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

birinchi qismining:

birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Yagona ijtimoiy toʻlov soliq toʻlovchining kalendar oyda ishlagan kunlari sonidan qatʼi nazar majburiy tartibda quyidagicha toʻlanadi”;

5-bandidagi “sugʻurta badallarining” degan soʻzlar “yagona ijtimoiy toʻlovning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xoʻjaliklarining aʼzolari, shuningdek maydoni toʻrt sotixdan kam boʻlmagan dehqon xoʻjaligida, tomorqa yerida band boʻlgan yoki ushbu maydonda qoramol yoxud 50 boshdan kam boʻlmagan parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar yiliga eng kam oylik ish haqining kamida bir baravari miqdorida yagona ijtimoiy toʻlov toʻlaydi. Bunda dehqon xoʻjaligi rahbari yagona ijtimoiy toʻlovni majburiy tartibda toʻlaydi, boshqa aʼzolari va koʻrsatilgan jismoniy shaxslar esa ixtiyoriy asosda toʻlaydi. Belgilangan miqdordagi yagona ijtimoiy toʻlovning toʻlanishi dehqon xoʻjaligi aʼzosining va jismoniy shaxsning mehnat stajini hisoblab chiqarishda bir yil deb hisobga olinadi”;

uchinchi qismidagi “sugʻurta badalini”, “sugʻurta badalining”, “sugʻurta badallarini” degan soʻzlar tegishincha “yagona ijtimoiy toʻlovni”, “yagona ijtimoiy toʻlovning”, “yagona ijtimoiy toʻlovni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi – oltinchi qismlaridagi “Sugʻurta badallarini”, “sugʻurta badallarining”, “sugʻurta badallarini” degan soʻzlar tegishincha “Yagona ijtimoiy toʻlovni”, “yagona ijtimoiy toʻlovning”, “yagona ijtimoiy toʻlovni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

sakkizinchi qismidagi “sugʻurta badallarini” degan soʻzlar “yagona ijtimoiy toʻlovni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻqqizinchi – oʻn toʻrtinchi qismlaridagi “sugʻurta badallarini”, “Sugʻurta badallarini”, “sugʻurta badalini” degan soʻzlar tegishincha “yagona ijtimoiy toʻlovni”, “Yagona ijtimoiy toʻlovni”, “yagona ijtimoiy toʻlovni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

89) 52-bob chiqarib tashlansin;

90) 54-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«54-bob. Avtotransport yigʻimlari»;

91) 320-moddaning:

nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«320-modda. Avtotransport yigʻimlarining turlari»;

birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Avtotransport yigʻimlari jumlasiga quyidagilar kiradi”;

92) 348-moddaning:

ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;

uchinchi – beshinchi qismlari tegishincha ikkinchi – toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;

93) 349-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Oʻziga nisbatan soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan soliq toʻlovchilar uchun, agar ushbu Kodeksning 
373-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, toʻlov manbaida soliqlarni va boshqa majburiy toʻlovlarni ushlab qolish majburiyatlari hamda byudjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga quyidagi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyatlari saqlanib qoladi:

ushbu Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan tartibda toʻlov manbaida undiriladigan foyda soligʻi;

ushbu Kodeksning 207-moddasida nazarda tutilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan bajariladigan (koʻrsatiladigan) ishlar (xizmatlar) boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi;

qurilishi moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalarini jalb etgan holda amalga oshirilayotgan obyektlar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi;

agar ushbu Kodeksning 350-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, aksiz toʻlanadigan mahsulot ishlab chiqarishda solinadigan aksiz soligʻi;

agar ushbu Kodeksning 350-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, yer qaʼridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus toʻlovlar;

suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq (agar ushbu Kodeksning 57-bobida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, bundan yagona yer soligʻini toʻlovchilar mustasno);

yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi (agar ushbu Kodeksning 57-bobida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, bundan yagona yer soligʻini toʻlovchilar mustasno);

yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq (agar ushbu Kodeksning 57-bobida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, bundan yagona yer soligʻini toʻlovchilar mustasno);

bojxona toʻlovlari;

yagona ijtimoiy toʻlov;

davlat bojlari;

tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar koʻrsatish huquqi uchun yigʻim;

avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib kirganlik uchun yigʻim».

94) 350-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Yagona soliq toʻlovini toʻlovchilar quyidagilardir:

1) soliq davrida olingan yalpi tushumi bir milliard soʻmdan oshmagan yuridik shaxslar;

2) oddiy shirkat ishlarini yuritish zimmasiga yuklatilgan (ishonchli shaxs) sherik (ishtirokchi) – soliq davrida oddiy shirkat faoliyatidan olingan yalpi tushumi bir milliard soʻmdan oshmagan yakka tartibdagi tadbirkor;

3) soliq davrida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi belgilangan miqdordan oshgan, lekin bir milliard soʻmgacha boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, bundan ushbu moddaning 4-bandida koʻrsatilganlar mustasno;

4) soliq davrida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi bir milliard soʻmdan oshmagan:

meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshiruvchi;

Elektron tijorat subyektlarining milliy reyestriga kiritilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar;

5) soliq davrida olingan yalpi tushumi bir milliard soʻmdan oshmagan oilaviy korxonalar;

6) notijorat tashkilotlar daromadlarining soliq davrida tadbirkorlik faoliyatidan olingan qismi boʻyicha, soliq davrida tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlari bir milliard soʻmdan oshmasligi sharti bilan.

Vositachilik, topshiriq shartnomasi boʻyicha hamda vositachilik xizmatlari koʻrsatishga oid boshqa shartnomalar boʻyicha vositachilik xizmatlari koʻrsatuvchi yuridik shaxslar yillik aylanmaning (tushumning) belgilangan chegaraviy miqdorini tovar aylanmasidan (bitim summalaridan) kelib chiqqan holda hisoblab chiqaradi.

Yagona soliq toʻlovi:

aksiz soligʻi toʻlanadigan mahsulot ishlab chiqarishni va yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni kavlab olishni amalga oshiruvchi;

aksiz soligʻiga tortiladigan mobil aloqa xizmatlari koʻrsatuvchi;

ushbu Kodeksning 57-bobiga muvofiq yagona yer soligʻi toʻlash nazarda tutilgan faoliyat doirasidagi;

mahsulot taqsimotiga oid bitimlarning ishtirokchilari boʻlgan yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi»;

95) 351-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«351-modda. Yagona soliq toʻlovini qoʻllashning oʻziga xos

xususiyatlari

Ushbu Kodeks 350-moddasi birinchi qismining 1 va 6-bandlarida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilar yagona soliq toʻlovini toʻlashni nazarda tutadigan soliq solishning soddalashtirilgan tartibini yoki umumbelgilangan soliqlar toʻlashni tanlashga haqli.

Yagona soliq toʻlovini toʻlashga oʻtish uchun soliq toʻlovchilar yagona soliq toʻlovini toʻlashga oʻtishi toʻgʻrisida soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan shaklda, yagona soliq toʻlovini toʻlashga oʻtilayotgan joriy hisobot davri birinchi oyining 
10-sanasidan kechiktirmay xabardor qiladi.

Yangi tuzilayotgan yuridik shaxslar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran tadbirkorlik faoliyati subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazish chogʻida tanlangan soliq solish tartibini koʻrsatish orqali yagona soliq toʻlovini toʻlash tartibini tanlash huquqiga ega.

Soliq toʻlovchilar yagona soliq toʻlovini toʻlashdan ixtiyoriy ravishda voz kechgan taqdirda, hisobot davri tugaganidan soʻng oʻn kun ichida davlat soliq xizmati organlariga taqdim qilinadigan yozma bildirish asosida keyingi hisobot davridan boshlab umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtadi.

Soliq davrida olingan yalpi tushumi bir milliard soʻmdan oshgan yagona soliq toʻlovini toʻlovchilar belgilangan chegaraviy miqdor oshib ketgan oydan keyingi oyning boshidan boshlab umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtadi»;

96) 352-modda chiqarib tashlansin;

97) 353-moddaning:

birinchi qismidagi “Ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoidalar belgilanmagan boʻlsa” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;

98) 354-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtgan yagona soliq toʻlovini toʻlovchilar, agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, kamida oʻn ikki oydan soʻng yagona soliq toʻlovini toʻlashga qayta oʻtishga haqlidir.

Ushbu Kodeks 351-moddasining beshinchi qismida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilar, agar joriy soliq davri yakunlariga olingan yalpi tushumi belgilangan chegaraviy miqdordan oshmasa, keyingi soliq davridan boshlab yagona soliq toʻlovini toʻlashga qayta oʻtishga haqlidir.

Yagona soliq toʻlovini toʻlashdan umumbelgilangan soliqlarni 
toʻlashga oʻtgan soliq toʻlovchilar umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtgan birinchi chorak uchun foyda soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlarni toʻlashdan ozod qilinadi.

Agar yagona soliq toʻlovini toʻlovchilar ushbu Kodeksning 
199-moddasiga muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadigan oborotni amalga oshirsa, qoʻshilgan qiymat soligʻini ixtiyoriy asosda toʻlashi mumkin. Yuridik shaxslar qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashga oʻtish uchun hisobot davri boshlanishidan kamida bir oy oldin, yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar esa oʻz faoliyatini amalga oshirishni boshlaguniga qadar soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga yozma bildirish taqdim etadi.

Qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashni yagona soliq toʻlovini 
toʻlovchilar tomonidan rad etish soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan shaklda, keyingi soliq davri boshlanguniga qadar bir oydan kechiktirmay taqdim etiladigan yozma bildirish asosida, faqat navbatdagi soliq davrining boshidan eʼtiboran amalga oshirilishi mumkin.

Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash ushbu Kodeksning VII boʻlimida belgilangan tartibda amalga oshiriladi»;

99) 355-modda:

ikkinchi qismi 1-bandining birinchi xatboshisidagi “aksiz soligʻini va benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni” degan soʻzlar “va aksiz soligʻini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi qismi quyidagi mazmundagi 9-band bilan toʻldirilsin:

“9) notijorat tashkilotlar tomonidan ustav faoliyatining taʼminoti va ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun olingan, belgilangan maqsadga koʻra va (yoki) tekin kelib tushgan mablagʻlar”;

100) 356-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 6-band bilan toʻldirilsin:

“6) kalendar yil mobaynida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan belgilangan eng yuqori chegaraviy miqdordan oshganligi sababli yagona soliq toʻlovini toʻlashga oʻtganda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun – qatʼiy belgilangan soliqni toʻlash davrida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum summasiga”;

101) 363-modda:

uchinchi qismidagi “umumbelgilangan soliqlarni yoki yagona soliq toʻlovini toʻlashga” degan soʻzlar “ushbu Kodeksda nazarda tutilgan soliqlarni toʻlashga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi qismi chiqarib tashlansin;

beshinchi  oʻninchi qismlari tegishincha toʻrtinchi – toʻqqizinchi qismlar deb hisoblansin;

beshinchi qismidagi “Umumbelgilangan soliqlarni yoki yagona soliq toʻlovini toʻlashga” degan soʻzlar “Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan soliqlarni toʻlashga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

yettinchi qismidagi “yagona soliq toʻlovini yoki ushbu Kodeksning 58-bobiga muvofiq qatʼiy belgilangan soliq toʻlanishi nazarda tutilgan faoliyat doirasida qatʼiy belgilangan soliqni toʻlashi shart” degan soʻzlar “ushbu Kodeksda nazarda tutilgan soliqlarni toʻlashi shart” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi oʻninchi qism bilan toʻldirilsin:

«Yer uchastkalari obyektlari va maydonlaridan samarasiz foydalanilganligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlangan taqdirda, yagona yer soligʻini toʻlovchilar ushbu yer uchastkalari obyektlari va maydonlari boʻyicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini ushbu Kodeks 
2691-moddasining uchinchi qismida hamda 283-moddasining uchinchi qismida belgilangan tartibda toʻlaydi»;

102) quyidagi mazmundagi 3671-modda bilan toʻldirilsin:

«3671-modda. Yagona yer soligʻi stavkasi

Yagona yer soligʻi stavkasi qishloq xoʻjaligi ekinlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorda belgilanadi»;

103) 370-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Bir kalendar yilda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi belgilangan miqdordan oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar qatʼiy belgilangan soliqni toʻlovchilar hisoblanadi.

Bir kalendar yil davomida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi belgilangan miqdordan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar qonun hujjatlarida belgilangan miqdor oshgan oyning keyingi oyidan boshlab yagona soliq toʻlovini toʻlashga oʻtadi.

Yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklida faoliyat amalga oshirilgan taqdirda, oilaviy tadbirkorlik subyekti nomidan ish koʻradigan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtgan oila aʼzosigina qatʼiy belgilangan soliqni toʻlovchi boʻladi.

Quyidagi yakka tartibdagi tadbirkorlar qatʼiy belgilangan soliqni toʻlovchilar hisoblanmaydi:

meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshiruvchilar;

Elektron tijorat ishtirokchilarining milliy reyestriga kiritilganlar»;

104) 371 va 372-moddalar chiqarib tashlansin;

105) 373-modda:

birinchi qismining:

birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Ushbu Kodeksning 370-moddasida koʻrsatilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish doirasida quyidagilarni ham toʻlaydi”;

5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“5) yagona ijtimoiy toʻlov”;

7-bandidagi “Respublika yoʻl jamgʻarmasiga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

106) 3741-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Xodimlarni yollagan holda faoliyatni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar qatʼiy belgilangan soliqni ushbu moddada nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda mazkur bobda belgilangan tartibga muvofiq toʻlaydi.

Yakka tartibdagi tadbirkor zimmasiga ushbu Kodeksning 
311-moddasida belgilangan tartibda yagona ijtimoiy toʻlov toʻlash majburiyati yuklatiladi.

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan olingan yakka tartibdagi tadbirkorning har bir yollangan xodimi uchun hisobga olish kartochkalari yakka tartibdagi tadbirkor oʻz faoliyatini amalga oshirmaydigan davr uchun har bir yollangan xodimga yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblashni toʻxtatib turishga asos boʻladi.

Agar oʻz faoliyatini toʻxtatgan yakka tartibdagi tadbirkor davlat soliq xizmati organiga yakka tartibdagi tadbirkorning har bir xodimi uchun hisobga olish kartochkalarini belgilangan muddatlarda taqdim etmasa, yakka tartibdagi tadbirkorning majburiyatlari boʻyicha qatʼiy belgilangan soliqni va yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblash toʻxtatilmaydi»;

107) 376-moddaning ikkinchi qismidagi “Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarni” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

108) 380-moddaning:

ikkinchi qismidagi “va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

beshinchi qismidagi “davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar chegirib tashlangan holdagi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

109) 382-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oddiy shirkat shartnomasi boʻyicha birgalikdagi faoliyat faqat yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilgan taqdirda, birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulotni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi ishonchli shaxs mazkur mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan, ushbu Kodeks 350-moddasi birinchi qismining 2-bandida belgilangan miqdordan kam boʻlmagan tushumdan yagona soliq toʻlovini, shuningdek, agar birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulot aksiz toʻlanadigan mahsulot boʻlsa, aksiz soligʻini toʻlaydi”;

110) 383-modda:

ikkinchi qismining 6-bandidagi “Respublika yoʻl jamgʻarmasiga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

uchinchi qismidagi “byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari” degan soʻzlar “yagona ijtimoiy toʻlov” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

111) 387-modda:

ikkinchi qismining:

oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

yettinchi xatboshisi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;

oltinchi xatboshisidagi “Respublika yoʻl jamgʻarmasiga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

uchinchi qismidagi “bozorlar daromadidan toʻlanadigan davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar chegirib tashlangandan keyin qolgan mablagʻlarning 50 foizi” degan soʻzlar “50 foizi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

112) 389-modda:

ikkinchi qismining:

birinchi xatboshisidagi “shu jumladan mikrofirmalar va kichik korxonalar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

beshinchi va oltinchi xatboshilari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi xatboshilardeb hisoblansin;

toʻrtinchi xatboshisidagi “Respublika yoʻl jamgʻarmasiga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

uchinchi qismining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;

113) 390-modda:

ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “Respublika yoʻl jamgʻarmasiga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi qismidagi “byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari” degan soʻzlar “yagona ijtimoiy toʻlov” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

114) 391-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “Respublika yoʻl jamgʻarmasiga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.

3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013 yil 26 dekabrda qabul qilingan OʻRQ–360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Byudjet kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013 yil, 12-songa 1-ilova; 
2014 yil, № 9, 244-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, № 6, 300-modda, № 10, 605-modda; 2018 yil, № 1, 
1-modda, № 7, 431, 433-moddalar) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:

1) 3-modda:

quyidagi mazmundagi yigirma beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“fiskal tavakkalchiliklar – byudjet jarayoni ishtirokchilari uchun byudjet tizimi byudjetlari mablagʻlarini shakllantirish va sarflashda moliyaviy resurslardagi yoʻqotishlarni baholash”;

yigirma beshinchi – qirqinchi xatboshilari tegishincha yigirma oltinchi – qirq birinchi xatboshilar deb hisoblansin;

2) 22-modda:

ikkinchi qismi:

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“dasturiy tasnif”;

toʻrtinchi – oltinchi xatboshilari tegishincha beshinchi – yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;

quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:

“Xarajatlarning dasturiy tasnifi davlat, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlarini bajarish uchun mablagʻlar yoʻnalishini aks ettiruvchi xarajatlarni guruhlashdan iboratdir”;

beshinchi – yettinchi qismlari tegishincha oltinchi – sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;

3) 36-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Mablagʻlari soliqlar, majburiy toʻlovlar va jarimalar, shuningdek byudjet subsidiyalaridan shakllantiriladigan davlat maqsadli jamgʻarmalari davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun tashkil etiladi.

Davlat maqsadli jamgʻarmalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tashkil etiladi.

Davlat maqsadli jamgʻarmalari yuridik shaxs shaklida yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan tuzilishi mumkin»;

4) 37 – 42-moddalar chiqarib tashlansin;

5) 46-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti tarkibiga kiritiladigan davlat maqsadli jamgʻarmalarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi”;

6) 51-moddaning:

4-bandi chiqarib tashlansin;

5-bandi 4-band deb hisoblansin;

4-bandi “abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlov” degan soʻzlardan keyin “mahsulot taqsimotiga oid bitimlar boʻyicha foyda keltiradigan maxsulotdagi davlat ulushi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

7) 52-modda:

birinchi qismi 2-bandining:

ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

uchinchi – oltinchi xatboshilari tegishincha ikkinchi – beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;

uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan pivo va oʻsimlik yogʻi uchun aksiz soligʻi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan pivo uchun aksiz soligʻi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

8) 10-bob chiqarib tashlansin;

9) 70-modda birinchi qismi 5-bandining uchinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonini” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

10) 71-modda birinchi qismi:

1-bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “yordamchi tashkilotlarni” degan soʻzlardan keyin “tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

2-bandining:

ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“qishloq xoʻjaligi tashkilotlarini saqlab turish, shu jumladan hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashuvchi muassasalar xizmatlariga haq toʻlash, yerlarni rekultivatsiya qilish ishlarini bajarish, shuningdek suv xoʻjaligi tashkilotlarini saqlab turish”;

oltinchi xatboshisi “oʻrmon xoʻjaligini” degan soʻzlardan keyin “oʻsimliklar karantinini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

4-bandining uchinchi xatboshisi “Toshkent shahar hokimliklari, ularning boshqarmalari va boʻlimlarini” degan soʻzlardan keyin “hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan davlat boshqaruvi organlarining boshqa hududiy boʻlinmalarini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

11) 72-modda:

2-bandining ikkinchi xatboshisi “laboratoriyalarni” degan soʻzdan keyin “irrigatsiya tizimlarining havza boshqarmalari huzuridagi tumanlar (Quvasoy shahri) irrigatsiya boʻlimlarini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

3-bandi “boʻlimlarini” degan soʻzdan keyin «shuningdek tumanlar 
va shaharlar byudjetlari mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi 
nazarda tutilgan davlat boshqaruvi organlarining boshqa hududiy boʻlinmalarini» degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

12) 14-bob chiqarib tashlansin;

13) 83-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Prognoz yil uchun Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining loyihasi hamda kelgusi ikki yilga oid byudjet moʻljallari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvorliklari va oʻrta muddatli davr uchun makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi asosida tuziladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga prognoz yil uchun Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining loyihasini hamda kelgusi ikki yilga oid byudjet moʻljallarini kiritadi»;

14) 96-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Byudjetnoma – erishilgan natijalar hisobga olingan holda mamlakatni kelgusi davrda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini nazarda tutuvchi hujjat boʻlib, ushbu yoʻnalishlar asosida Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining loyihalari shakllantiriladi.

Byudjetnoma quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning oʻtgan yilgi asosiy yakunlarini va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy yilgi yakunlarining prognoz bahosini, shuningdek mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning oʻrta muddatli davr uchun asosiy yoʻnalishlarini;

Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning oʻrta muddatli davr uchun prognozini;

Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari joriy yildagi ijrosining prognoz bahosini;

soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari loyihasini;

prognoz yil uchun Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining loyihasini hamda kelgusi ikki yilga oid byudjet moʻljallarini;

“Fuqarolar uchun byudjet” axborot nashrini;

davlat qarzining holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;

soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlariga, prognoz yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining loyihasiga hamda kelgusi ikki yilga oid byudjet moʻljallariga doir, fiskal tavakkalchiliklarni oʻz ichiga olgan tushuntirish xatini.

Byudjetnoma:

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga – joriy yilning 15 sentyabriga qadar kiritiladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga xulosa taqdim etishi uchun – joriy yilning 20 sentyabriga qadar kiritiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari, shuningdek soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari loyihalari boʻyicha ikki haftalik muddatda xulosa taqdim etadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga – joriy yilning 
15 oktyabridan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan kiritiladi.

Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining, soliq va byudjet siyosati asosiy yoʻnalishlarining loyihalari, shuningdek Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga yuborilishidan oldin majburiy ravishda jamoatchilik muhokamasiga qoʻyiladi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan “Fuqarolar uchun byudjet” axborot nashri jamoatchilik muhokamasi uchun parallel ravishda eʼlon qilinadi»;

15) 97-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlarini, prognoz yil uchun Davlat byudjetini, davlat maqsadli jamgʻarmalarining byudjetlarini hamda kelgusi ikki yilga oid byudjet moʻljallarini qabul qiladi”;

16) 98-moddaning:

nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«98-modda. Asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozini hamda Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalarining asosiy parametrlarini tasdiqlash»;

ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar hamda prognoz yil uchun 
Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining parametrlari hamda kelgusi ikki yilga oid byudjet moʻljallari»;

uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi – oʻninchi xatboshilari tegishincha uchinchi – toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;

17) 121-moddaning:

ikkinchi qismidagi “maxsus axborot portalida (Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasining maxsus veb-saytida)” degan soʻzlar “operatorning maxsus axborot portalida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Davlat xaridlari amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi eʼlonlarni maxsus axborot portalida joylashtirish joriy moliya yilining 
10 dekabridan kechiktirmasdan amalga oshiriladi»;

18) 122-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalari hisobidan ijro etilishi lozim boʻlgan yuridik majburiyatlar gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan hisobga olinadi”;

19) 125-modda:

quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yagona gʻazna hisobvaragʻidagi va boshqa bank hisobvaraqlaridagi byudjet tizimi byudjetlarining vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini boshqaradi”;

toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin;

beshinchi va oltinchi qismlaridagi “Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetining” degan soʻzlar “Yagona gʻazna hisobvaragʻining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

20) 143-moddaning ikkinchi qismi “davlat aktivlarini xususiylashtirishdan” degan soʻzlardan keyin “va davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

21) 164-moddaning oltinchi qismi chiqarib tashlansin.

4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;

ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.

5-modda. Ushbu Qonun 2019 yil 1 yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.

Ushbu Qonun 2-moddasi 26-bandining imtiyozni bekor qilishga oid qismi 2019 yil 1 apreldan eʼtiboran amalga kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti    Sh. Mirziyoyev
Toshkent shahri, 2018 yil 24 dekabr
№ OʻRQ—508