“Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” Loyihasi - hududlarga xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha maqbul imkoniyatlar

04/03/2019 - 18:33 2566

Ishlab chiqarish korxonalarida, shu jumladan kichik biznes sub'yektlarida energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish tajribasi hamda energiya samaradorligini oshiruvchi tadbirlarga investitsiya jalb etishning foyda va afzalliklarini ko‘rsatish maqsadida 2019 yil 1 mart kuni Surhondaryo viloyati Termiz shahridagi ishlab chiqarish korxonalarida, shu jumladan kichik biznes sub'yektlari, xamda tijorat banklarining vakillari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir hududlardagi tadbirkorlar, sanoat korxonalari hamda tijorat banklari vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Davra suhbati davomida Loyihaning afzalliklari va kredit mablag‘lari hisobidan loyihalarni moliyalashtirish tartiblari to‘g‘risida batafsil ma'lumot berildi.

Shuningdek, Loyixani muvofiqlashtirish guruhi ikkita sanoat korxonasiga - “Jarqo‘rg‘onneftkaytaishlash” va “Surhon kombinati” (temir beton mahsulotlari)  tashrif buyurib, ularning rahbariyati bilan ushbu kredit liniyasidan foydalangan holda  istiqbolli sub-loyihalarni amalga oshirish masalalarni ko‘rib chiqdilar.

Navbatdagi davra suhbati 2019 yil 5 mart kuni Jizzax shahrida o‘tkaziladi.

“Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasining muvofiqlashtirish guruhi