O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya agentligi ishga qabul qilish uchun tanlov e'lon qiladi

20/03/2019 - 18:41 5161

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Urbanizatsiya agentligi iqtisodchi (rahbarlik lavozimida kamida uch yillik tajribaga ega bo‘lgan) hamda muhandis-texnik (quruvchi, yo‘l quruvchi, geolog)larni ishga qabul qiladi.

Nomzodlar kamida 3 yillik kasbiy malakaga ega bo‘lishi, kompyuterdan, jumladan Microsoft Word, Exсel va Power Point dasturlaridan foydalanishni bilishi, shuningdek, rus, ingliz yoki boshqa chet tillarini mukammal bilishi lozim.

Rezyumelar info-au@mineconomy.uz elektron pochta orqali qabul qilinadi.
Ma'lumot uchun telefonlar: (71) 232-65-40, (97) 729-80-60