Ishchi uchrashuvi

30/08/2019 - 09:51 214

Shu yilning 28-avgustida O’zbekiston Respublikasi Iqtsiodiyot va sanoat vazirligida Iqtisodiyot va sanoat vaziri B.Xo’jayev bilan Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri o’rinbosari A.B.Gruzdev o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida O’zbekiston va Rossiya o’rtasida 5 yillik iqtisodiy hamkorlik Dasturini ko’zda tutuvchi qator loyihalar, jumladan sanoat kooperatsiyasi va standartlashtirish borasida ikki mamlakatning o’zaro manfaatli hamkorligini yanada rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari va istiqbollari muhokama qilindi.

Veb-sayt test holatida ishlamoqda.