Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘larini jalb qilish bo‘lim boshlig‘i lavozimiga tanlov e’lon qilinadi

04/09/2019 - 19:32 95

Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:

-moliya, iqtisodiyot va bank yo‘nalishlarida oliy ma’lumotga hamda 3 yillik ish stajiga ega bo‘lishi lozim (shu jumladan kamida bir yil rahbarlik lavozimlarida);

-o‘zbek, rus va  ingliz tillarini mukammal bilishi;

-kompyuter savodxonligi bo‘yicha Microsoft Word, Excel, Power Point dasturlarida bemalol ishlay olishi;

-Innovatsion g‘oya va kreativ fikrlash, yangicha qarash va intilish bilan o‘zgartirishlar qila olish qobiliyatining mavjudligi;

-muzokaralar olib borish hamda yozishmalar bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lish;

Nomzodlarga qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar:

-mulkdorlar huquqlarini ximoya qilish, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni;

-iqtisodiyot va ishlab chiqarish asoslarini;

-kichik biznes va tadbirkorlarning salohiyatli loyihalari va biznes tashabbuslarini tanlab olish mezonlarini va ularni moliyalashtirish tartiblarini;

- tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning xorijiy tajribalarini;

-xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan ishlash tartiblarini;

-elektron hujjat aylanishi va elektron raqamli imzo orqali ma’lumot almashish tizimini bilishi lozim.

E-mail: kadr_agentlik@umail.uz

Telefon: (+99871) 232-65-54

Veb-sayt test holatida ishlamoqda.