Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Bosh vazir qabulxonalari bilan hamkorlik qilish sho‘basi mudiri lavozimiga tanlov e’lon qilinadi

04/09/2019 - 19:34 127

Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:

-moliya, iqtisodiyot va bank yo‘nalishlarida oliy ma’lumotga hamda 3 yillik ish stajiga ega bo‘lishi lozim (shu jumladan kamida bir yil rahbarlik lavozimlarida);

-o‘zbek, rus va  ingliz tillarini mukammal bilishi;

-kompyuter savodxonligi bo‘yicha Microsoft Word, Excel, Power Point dasturlarida bemalol ishlay olishi;

-Innovatsion g‘oya va kreativ fikrlash, yangicha qarash va intilish bilan o‘zgartirishlar qila olish qobiliyatining mavjudligi;

-muzokaralar olib borish hamda yozishmalar bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lish;

Nomzodlarga qo‘yiladigan qo‘shimcha talablar:

 -mulkdorlar huquqlarini ximoya qilish, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni;

-iqtisodiyot va ishlab chiqarish hamda  biznes yuritish asoslarini;

-mamlakatimizda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar  va imtiyozlarni;

-murojaat turlarini, murojaatlar bilan ishlash tartibini, murojaatlar hisobini yuritish, ularni ijrosi yuzasidan nazorat o‘rnatish, murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlarini hamda murojaatchilarga ularning murojaatlari yuzasidan asoslantirilgan javoblarni yuborish tartiblarini mukammal bilishi;

-elektron hujjat aylanishi va elektron raqamli imzo orqali ma’lumot almashish tizimini bilishi lozim.

E-mail: kadr_agentlik@umail.uz

Telefon: (+99871) 232-65-54

Veb-sayt test holatida ishlamoqda.