Ipakchilik tarmog‘ini rivojlantirishga bag‘ishlangan  uchrashuv bo‘lib o‘tdi

09/09/2019 - 17:39 130

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi va Iqtisodiyot va sanoat vazirligi mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi mas’ul xodimlari tomonidan OAV vakillariga hozirda ipakchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish borasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati, muammolar va ularning yechimlari xususida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, tadbirda tarmoqni rivojlantirishda klaster usullarini joriy etish, eksportga mo‘ljallangan tayyor mahsulotlar ishlab chiqish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari va ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikni kengaytirish orqali sohaga malakali mutaxassislarni jalb qilish kabi masalalar yuzasidan so‘z yuritildi.

Tadbir davomida jurnalistlarning qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

Axborot xizmati

Veb-sayt test holatida ishlamoqda.