Klaster – integratsiya, innovatsiya va iqtisodiy yuksalish

06/02/2020 - 12:34 2334

Klasterlar innovatsion, raqobatbardosh va samarali iqtisodiyotning shakllantirilishi zamonaviy iqtisodiy vositachisi, yaratilgan tayyor mahsulotlarning iste’molchigacha yetib borishini, ishlab chiqarish kuchlarining yuksalishini, ishlab chiqarish hajmining o‘sishini, sog‘lom ishlab chiqarish munosabatlari hamda samaradorlikni ta’minlovchidir.

Yangilanishlar “inson kapitali”, ya’ni soha va sohalararo faoliyatni o‘zida mujassamlashtirgan klasterlardagi tashabbuskor mutaxassislarning tafakkuri bilan bog‘liq. Klasterlarda sohalarning ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyalashuvi bilan bir qatorda, soha kichik korxonalarining manfaatli kooperatsiyasi, sohalararo ichki va tashqi integratsiya elementlari ham yuksalishiga zamin yaratiladi.

Mazkur materiallar bilan batafsil “Klaster nazariyasi va unga amaliy yondashuvlar” ilmiy maqolada tanishishingiz mumkin.