Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga yangi rahbar tayinlandi

25/02/2020 - 15:15 1272

Bugun, 25 fevral kuni Iqtisodiyot va sanoat vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Nigmatovich Aripov ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda moliya, iqtisodiyot va kambag‘allik bilan kurashish bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari - iqtisodiyot va sanoat vaziri etib tayinlangan Jamshid Anvarovich Qo‘chqorov vazirlik jamoasiga tanishtirildi.

J.A. Qo‘chqorov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar bosh vazir o‘rinbosari - moliya vaziri lavozimida ishlab kelgan.

O‘z navbatida, Iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo‘jaev bosh vazirning sanoat va kooperatsiyalar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan.