​Tadbirkorlik subyektlari murojaatlari bilan elektron-onlayn tartibida “sektorbay” ishlash tizimi to‘g‘risida

26/04/2020 - 19:10 1273

Koronavirus pandemiyasi sharoitida tadbirkorlarning murojaatlari bilan masofadan kundalik shugʼullanish maqsadida @SektorUzBot telegram – bot dasturi ishlab chiqildi.

Mazkur telegram – bot kanali Sirdaryo viloyatining Boyovut va Namangan viloyatining Toʼraqoʼrgʼon tumanlarida tajriba-sinovdan muvaffaqiyatli oʼtkazildi.

Bundan buyon, mamlakatimizning barcha hududlaridagi tadbirkorlar mazkur telegram-bot kanali orqali elektron roʼyxatdan oʼtib, kundalik masalalarni hal etish yuzasidan joylardagi sektorlar (hokim, prokuror, ichki ishlar va soliq) rahbarlariga elektron-onlayn murojaat etishlari va qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin boʼladi.

Telegram–bot kanalida tadbirkorlar "sektorbay" roʼyxatga olinadi va ularning murojaatlari toʼgʼridan-toʼgʼri biriktirilgan sektor rahbariga kelib tushadi.

Sektor rahbari murojaatni zudlik bilan masʼul ijrochi (bank, adliya, soliq, sugʼurta, elektr-gaz taʼminoti korxonalari va hokazo)ga yuboradi va uning ijrosini nazoratga oladi.

Tadbirkorlarning murojaatlarini koʼrib chiqilishini muvofiqlashtirish maqsadida viloyat, tuman va shaharlar iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish boʼlimlarida maxsus shtablar tashkil etilgan.

Barcha tadbirkorlik subʼektlari @SektorUzBot telegram kanali orqali sektor rahbarlariga elektron-onlayn murojaat qilishlari mumkin.

@SektorUzBot telegram – bot bilan foydalanish boʼyicha qoʼllanma