Kompyuter texnikalari sotib olish

18/11/2014 - 18:56 5284

Iqtisodiyot vazirligi tomonidan vazirlikning hududiy bo`linmalarida zamonaviy kompyuter texnikalari bilan ta'minlanganlik darajasini oshirish maqsadida O`zbekiston respublika tovar xomashyo birjasining Davlat xaridlari bo`yicha elektron savdolar tizimida kompyuter texnikalari sotib olish to`g`risida e'lon berilgan.

Savdo O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 11 iyundagi "Davlat va korporativ xaridlar jarayonini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 16-sonli qaroriga muvofiq o'tkaziladi.

Savdoda qatnashishni xohlovchi korxona va firmalar uchun:

Elektron savdolar tizimidagi tegishli lot raqami - 3276012

Elektron savdoning tugash muddati - 29.11.2014y.

Mazkur lot bo'yicha batafsil ma'lumot olish uchun (+99871) 232-63-00 (Qarshiev D.) hamda (+99871) 232-63-13 (Karimov O.) raqamlari orqali murojaat qilish mumkin.


Savdo natijalari

O'tkazilgan savdo natijalariga ko'ra mazkur lot bo`yicha - "STAND KOMPUTERS" MCHJ g`olib deb topildi.

"STAND KOMPUTERS" MCHJ bilan Iqtisodiyot vazirligi o'rtasida o'rnatilgan tartibda shartnoma imzolandi.

Shartnomaga muvofiq "STAND KOMPUTERS" MCHJ tomonidan kompyuter texnikalari yetkazib berildi.