Idoralar bilan hamkorlik

22/02/2019 - 17:21 10945

О’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi tomonidan taqdim etilgan hisobot davridagi statistika ma'lumotlari asosida О’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining makroiqtisodiy ko`rsatkichlar ahvoli va tendensiyalarini chuqur tahlil qilish, iqtisodiyotda tarkibiy qayta o`zgartirishlarning aniq maqsadli siyosatini shakllantirish, uning mavjud nomutanosibliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo`yicha takliflar ishlab chiqish kabi ishlar amalga oshiriladi.

Shuningdek, berilgan ma’lumotlar asosida makroiqtisodiy ko`rsatkichlar ma'lumotlar bazasini shakllantirilib, ularni doimiy monitoringini olib boriladi va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim ustuvor yo`nalishlari va maqsadli kompleks dasturlaridan kelib chiqqan holda iqtisodiyotni rivojlantirishning ko`p variantli ssenariylarini, mintaqalar, tarmoqlar va iqtisodiyot sektorlari bo`yicha qisqa va o`rta muddatli prognozlari va dasturlari ishlab chiqiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligida byudjet, soliq, bank va to‘lov tizimi, pul-kredit siyosati qonunchiligini takomillashtirish borasida Moliya vazirligi, Markaziy bank va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tayyorlanadigan me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarining iqtisodiyotga, ishbilarmonlik muhitiga va umuman iqtisodiy o‘sishga ta'siri nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi hamda tegishli xulosalar beriladi.

Pensiya jamg‘armasi bilan o‘zaro hamkorlik:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 19 fevraldagi 30-sonli qarori asosida jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari prognoz parametrlarini, shuningdek Jamg‘arma xarajatlarining har yilgi smetasini;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Jamg‘armaga majburiy ajratmalar, badallar va boshqa to‘lovlarning to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini ta'minlash to‘g‘risidagi ma'lumotlarini;

topshiriqlar, vedomostlar va pochta o‘tkazmalari bo‘yicha to‘lanadigan pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar jo‘natilishi va yetkazib berilishi bo‘yicha xizmatlarga haq to‘lash miqdorlarini ko‘rib chiqish.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan o‘zaro hamkorlik:

hukumatning har yilgi topshirig‘iga muvofiq yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash dasturi loyihasi tayyorlanib, tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritiladi. Har yillik tasdiqlangan dastur bajarilishining oyma-oy tarmoqlar va hududlar kesimidagi monitoringi yurgizilib, tahlillar yuzasidan ma'lumotlar Vazirlar Mahkamasiga kiritib boriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 24 maydagi 106-sonli qarori asosida hududlar bo‘yicha demografiya va mehnat bozori sohasida tendensiyalarni, mavjud nomutanosibliklarni inobatga olgan holda mehnat resurlari balansining istiqbol ko‘rsatkichlari ishlab chiqiladi.

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi bilan o‘zaro hamkorlik:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 7 iyundagi qarori asosida to‘liq qamrov va iqtisodiyot tarmoqlarining yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli mutaxassislarga bo‘lgan real ehtiyoj inobatga olingan holda umumta'lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalariga qabul qilish bo‘yicha yillik ko‘rsatkichlarni shakllantirish;

iqtisodiyot real tarmoqlarining kelgusi talablaridan kelib chiqqan holda kollejlarning tayyorlov yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqish;

hududlar va tarmoqlar kesimida o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalari bitiruvchilari bandligini ta'minlash holatini monitoringini olib borish.