«Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

10/07/2015 - 15:31 9608

O‘zbekiston Respublikasining "Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi qonuni

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015 y., 22-son, 287-modda)

Qonunchilik palatasi tomonidan 2014 yil 24 oktyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2015 yil 15 mayda ma'qullangan

1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 22 iyulda qabul qilingan «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi O‘RQ-163-sonli Qonuniga  (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008 yil, № 7, 354-modda; 2009 yil, № 9, 337-modda, № 12, 464-modda; 2012 yil, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).

2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta'minlasin.

3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh., 2015 yil 3 iyun, O‘RQ-387-son

Veb-sayt test holatida ishlamoqda.