Qonunchilikdagi yangiliklar

09/09/2019 - 17:01 132

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 sentyabrdagi 740-son qarori bilan “Hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish ob’ektlarini moliyalashtirishga ruxsat etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 14 noyabrdagi PF-5577-son Farmoniga muvofiq hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish ob’ektlarini (rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash) moliyalashtirish bo‘yicha xulosalarni tayyorlash hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish tartibini belgilaydi.

Ushbu Nizom har yili tasdiqlanadigan Investitsiya dasturi doirasida markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish (rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash) ob’ektlariga nisbatan tatbiq etiladi.

Batafsillex.uz/pdfs/4500973

Veb-sayt test holatida ishlamoqda.