Ta’lim tizimida manfaatli hamkorlik

02/10/2019 - 19:33 224

Pearson education limited (Buyuk Britaniya) kompaniyasi yurtimizga tashrifi doirasida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishish barobarida, qator vazirlik, idora va tashkilotlar bilan uchrashuvlar olib bormoqda.

Jumladan, bugun mazkur kompaniya vakillari Iqtisodiyot va sanoat vazirligida ham bo‘lib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddilar bilan o‘zaro fikrlar almashishdi.

Ma’lumot uchun: Pearson education limited – tashkilotlar,  hukumat va bevosita alohida ta’lim oluvchilarga ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kompaniya hisoblanadi.