“Yil tanlovi-2019”

17/01/2020 - 17:12 661

Bugun, “Zarafshon” kinokonsert zalida “Yil tanlovi-2019” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Taqdirlash marosimi O‘zbekiston tarixida ilk marotaba Ommaviy axborot vositasi tomonidan tashkil etildi.

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan 2019 yilda tizim faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni namoyon etgan, xalq bilan ishlashda samarali natijalarga erishgan vazirliklar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari, respublika hududlari o‘rtasida o‘tkazilgan mazkur tanlov natijalarga ko‘ra, “2019 yilning eng namunali vazirligi” yo‘nalishida Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ikkinchi o‘rin bilan taqdirlandi.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatiga yuksak ishonch bildirgan va mazkur tanlovda qo‘llab-quvvatlagan barcha ommaviy axborot vositalari vakillari, jumladan jurnalistlar, blogerlar hamda yurtdoshlarimizga vazirlik rahbariyati va jamoasi nomidan minnatdorchilik bildiramiz.

O‘z navbatida, bunday muvaffaqiyatga erishishimizda vazirlik jamoasi har bir xodimining munosib hissasi borligini ham alohida e’tirof etish joiz.

Bunday mas’uliyat bizni ushbu yo‘nalishda yanada ko‘proq va samarali mehnat qilishga undaydi.

 

 

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

Axborot xizmati