Birinchi Prezident Islom Karimovni xotirlash tadbirlari o‘tkazilmoqda

30/01/2020 - 12:47 443

 Bugun, 30 yanvar kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tavallud topgan kuniga bag‘ishlab xotirlash tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu yerga Prezident Administratsiyasi, parlament palatalari va hukumat a’zolari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, ziyolilar, shahar jamoatchiligi vakillari o‘zbek xalqining ulug‘ va ardoqli farzandini xotirlash uchun yig‘ilishgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev majmuaga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Buyuk Yo‘lboshchimiz serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning ko‘p asrlik tarixida o‘chmas iz qoldirdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 25 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qarori xalqimizning o‘zining buyuk farzandiga cheksiz hurmat va sadoqatining amaliy ifodasi bo‘ldi.

 

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

Axborot xizmati