XABARNOMA

13/04/2020 - 16:17 1238

Qo'llab-quvvatlash va beminnat yordamni amalga oshirish maqsadida, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi xodimlari o'z maoshlarining bir qismini “O`zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat jamg’armasi hisobiga o'tkazishdi.

Vazirligimiz shifokorlar, tez tibbiy yordam xodimlari va keng jamoatchilikning koronavirusga qarshi kurashda va O'zbekiston fuqarolarining hayotini saqlab qolishdagi fidokorona mehnati va xizmatlari uchun samimiy minnatdorchilik bildiradi.

Aziz fuqarolar, barcha tavsiyalarga amal qiling, o'zingizni va yaqinlaringizni asrang hamda uyda qoling!