Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo'yicha vitse-prezidenti bilan videokonferentsiya

23/07/2020 - 11:18 260

Joriy yilning 22 iyul kuni videokonferensiya orqali O'zbekiston Respublikasi Bosh vazir o'rinbosari-Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo'chqorov va Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo'yicha vitse-prezidenti Anna Byorde bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Tomonlar Jahon banki va mamlakat o'rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Uchrashuvda Moliya vaziri Timur Ishmetov, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o'rinbosari Shuhrat Vafayev, Jahon bankining Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy direktori Liliya Burunchuk, Jahon bankining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli,hamda O'zbekiston hukumati va Jahon bankining boshqa vakillari ishtirok etdi.

"Janob Qo'chqorov va boshqa rasmiylar bilan samarali muloqot bo'lib o'tdi. Biz odamlarning hayotini saqlab qolish va koronavirus pandemiyasining ijtimoiy-iqtisodiy ta'sirini yumshatish uchun hukumatning inqirozga qarshi chora - tadbirlarini muhokama qildik", dedi Anna Byorde uchrashuvdan so'ng.

"O'zbekistonda qambag’allikni qisqartirish bo'yicha yangi strategiyani ishlab chiqish, shuningdek, hukumatning inson kapitali va fuqarolarning kasbiy ko'nikmalarini rivojlantirishga investitsiya qilishni davom ettirish rejalari haqida ma'lumot berishdan mamnunman". “Pandemiya natijasida yuzaga kelgan qiyinchiliklarga qaramay, Davlat hukumati qishloq xo'jaligidagi, davlat korxonalarini boshqarish, bank sektori va boshqa ustuvor sohalardagi tarkibiy islohotlarni davom ettirishga bo’lqan qat’iyatini ta'kidlab o’tmoqchiman. Bundan oldin amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar bugun O'zbekistonga inqirozni bartaraf etishga yordam beryapti. Jahon banki O’zbekistonda keng iqtisodiy va ijtimoiy o'zgarishlarni amalga oshirishda moliyaviy-texnik yordam ko'rsatishni davom ettiradi!",- dedi Anna Byorde.