Yaponiyaning "JICA" xalqaro hamkorlik Agentligi vakolatxonasi rahbari tashrifi

17/02/2021 - 17:53 449

Joriy yilning 9-fevral kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida Yaponiyaning "JICA" xalqaro hamkorlik Agentligi vakolatxonasi rahbari Suguru Miyazaki bilan uchrashdi. Ushbu uchrashuvda iqtisodiy vaziyat va O'zbekistonda amalga oshirilayotgan asosiy islohotlarni hamda hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi.

Uchrashuvda "JICA" vakolatxonasi rahbarining O‘rinbosari Katayama Xiroki va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining boshqa vakillari ham ishtirok etishdi.

Uchrashuv boshida Yaponiya tomoni O'zbekistonning 2020 yilgi                 ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy ko'rsatkichlari, makroiqtisodiy prognozlari va 2021 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 20 ta harakatlantiruvchi omillari, shuningdek, hamkorlikning ustuvor yo'nalishlari bilan tanishtirildi. Shuningdek, "yashil texnologiyalar" ni faol joriy etish bilan "yashil iqtisodiyot" sohasidagi kelajakdagi loyihalarni amalga oshirishga bizning tomon alohida qiziqish bildirishi ta’kidlandi.

Yaponiyaning "JICA" xalqaro hamkorlik Agentligi vakillari respublikaning inson va ilmiy-ishlab chiqarish salohiyatini e’tirof etgan holda, fan va innovatsiyalar sohasida boshlangan islohotlarni yuqori baholadilar.

Uchrashuv davomida Yaponiya tomoni qishloq va suv xo‘jaligi, shuningdek, qurilish va energetika sohalarida Yaponiyaning ilg'or texnologiyalarini jalb qilish uchun Innovatsiya markazini yaratish loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirishga alohida qiziqish bildirdi.

Xulosa sifatida janob Siguru «JICA» tomonidan olib borilayotgan islohotlarga har tomonlama amaliy yordam berishga tayyorligini yana bir bor taэkidladi va kelgusida samarali va o‘zaro manfaatli sheriklikka umid bildirdi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati