Xoʻjayev Botir Asadillayevich - O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri

29/11/2017 - 15:06 4562

Tarjimai xoli:

1956 yil Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati - oʻzbek.

Maʼlumoti - oliy. 1979 yil Toshkent temir yoʻl transporti muxandislari institutini tugatgan. 

Mehnat faoliyati:

1979-1979 yy. - “Glavtashkentstroy” 11 – trestining 75-qurilish boshqarmasi masteri;

1979-1981 yy. - Xarbiy xizmat;

1981-1992 yy. - “Glavtashkentstroy” 1 – trestining 17-qurilish boshqarmasi masteri, muxandisi, Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi Bosh kapital qurilish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, boshqarma boshligʻi;

1992-1996 yy. - Toshkent shahri Chilonzor tuman xokimining birinchi oʻrinbosari, Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari;

1996-1997 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulk qoʻmitasi raisi birinchi oʻrinbosari;

1997-1998 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari;

1998-2002 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi birinchi oʻrinbosari, Qoʻmita raisi;

2002-2005 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yigʻma axborot-tahlil departamenti boshligʻi;

2005-2006 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti ijtimoiy-iqtisodiy masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi;

2006-2009 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri;

2009-2011 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari – Arxitektura va qurilish boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi;

2011-2016 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri birinchi oʻrinbosari;

2016-2017 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri;

2017-2019 yy. - Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri;

01.2019 y. – h/v - Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vaziri.

Veb-sayt test holatida ishlamoqda.