Tarjimai hol

16/01/2019 - 12:02 1526

Tarjimai hol

Usmonov Botir Shukurillaevich 1968-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek.

Ma'lumoti: oliy, 1993-yilda Qozon davlat texnika universiteti, 1999-yilda Andra universiteti (Hindiston), 2001-yilda Gamburg – Xarburg texnika universitetini (Germaniya) tamomlagan.

2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Mehnat faoliyati

1985-1986 yy. – Qozon davlat texnika universiteti talabasi 
1986-1988 yy. – Harbiy xizmatda
1986-1993 yy. – Qozon davlat texnika universiteti talabasi 
1993-1995 yy. – Toshkent davlat texnika universiteti stajyor-tadqiqotchisi, assistenti
1995-1997 yy. – Toshkent davlat aviatsiya instituti katta o‘qituvchisi, Ilmiy bo‘lim boshlig‘i, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘I 
1997-1999 yy. – Andra universiteti (Hindiston) Magistratura talabasi 
1999-2001 yy. – Gamburg - Xarburg texnika universiteti (Germaniya) Magistratura talabasi
2001-2002 yy. – Daymler-Kraysler kompaniyasining Markaziy Osiyo vakolatxonasi bosh mutaxassisi
2002-2007 yy. – Toshkent davlat aviatsiya instituti dotsenti, bo‘limi boshlig‘i, dekani
2007-2008 yy. - Konkuk universiteti (Koreya) “Texnikada axborot texnologiyalari” kafedrasi professori
2008-2012 yy. – V.M.Lomonosov nomli Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali ilmiy kotibi, dekan o‘rinbosari, o‘quv va ilmiy ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari 
2012-2013 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni Fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha xizmatining Ta'limni rivojlantirish va kadrlarni tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish guruhi oliy ta'lim masalalari bo‘yicha yetakchi konsultanti
2013-2016 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining fan bo‘yicha o‘rinbosari
2016-2017 yy. – V.M.Lomonosov nomli Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali “Amaliy  matematika va informatika” kafedrasi dotsenti 
2017-2017 yy. – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori 
2017-2019 yy. – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori
2019 y. - h.v – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirining o‘rinbosari.

Veb-sayt test holatida ishlamoqda.