Tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi

10/07/2017 - 09:32 31121

NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 1 dekabrdagi "Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-1236-sonli qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 21 iyuldagi "Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini shakllantirish va amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 154-sonli qarori.

QANDAY MAHSULOTLARNI ISHLAB CHIQARISH KERAK?

Mahalliy mineral xom-ashyoni chuqur qayta ishlash, ishlab chiqarish jarayoniga innovatsion ishlanmalarni va ko‘p-tonnalik sanoat chiqitlarini jalb etish hisobiga tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar, xomashyo va materiallar ishlab chiqarish bo‘yicha 58 ta ustivor loyihalar (Yuklab olish, zip, 28,4Kb)

Respublika korxonalari tomonidan o‘zlashtirishga taklif etilgan 162 turdagi tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi qismlar (Yuklab olish, zip, 31,6Kb)

O‘zlashtirishga taklif etilgan yangi mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar (Yuklab olish, zip, 181,8Kb)

Mashinasozlik va metalni qayta ishlash tarmoqlarida o‘zlashtirishga taklif etilgan yangi mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar (Yuklab olishzip, 40,4Kb)

X Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doirasida vazirlik, idora va korxonalar tomonidan respublika mahalliy korxonalarida ishlab chiqarish tavsiya etilgan maxsulot va butlovchi qismlar (Yuklab olishzip, 76,1Kb)


MAHALLIYLASHTIRISH LOYIHALARI PASPORTLARINI ISHLAB CHIQISH VA KO‘RIB CHIQISH AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMI

Mazkur dastur majmuasi Mahalliylashtirish dasturlarini shakllantirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda tadbirkorlik subyektlari uchun ular tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarni qabul qilish va ko`rib chiqishda qulayliklar yaratish, osonlashtirish hamda mahalliylashtirish Dasturiga loyihalarni kiritish jarayonining shaffofligini oshirish maqsadida joriy qilingan.

Loyiha tashabbuskorlaridan Mahalliylashtirish dasturlariga kiritish maqsadida tegishli hujjatlarni ekspert organlariga onlayn tarzda taqdim etish uchun tizimga Davlat soliq qo`mitasi tomonidan berilgan elektron raqamli imzo orqali kirishi talab etiladi.

Tadbirkorlik subyektlarining Mahalliylashtirish dasturiga kiritishga doir talabnomalarini taqdim etish va ularning ekspert komissiya tomonidan ko`rib chiqilish tartiblari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 21 iyuldagi "Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini shakllantirish mexanizmini takomillashtirish va amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 154-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Sanoat kooperatsiya asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarish Mahalliylashtirish dasturini shakllantirish tartibi to`g`risidagi Nizom" asosida amalga oshiriladi. (Nizom - pdf, 772Kb)

Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 21 iyuldagi 154-sonli qaroriga muvofiq Mahalliylashtirish dasturlarini shakllantirishga oid tegishli jadval va shakllarni yuklab olish (zip, 28,3Kb) mumkin.

Tizimda ishlash bo'yicha yo'riqnomalarni loyiha tashabbuskori (pdf, 1,1Mb) hamda ekspertlar (pdf, 1,0Mb) uchun yuklab olish mumkin. Shuningdek, loyiha pasporti tasdiqlanishi algoritmi bilan ham tanishish (pdf, 252,9Kb) mumkin.

Mahalliylashtirish dasturiga kiritish uchun loyiha pasportini kiritish


 

TAQDIM ETILADIGAN HUJJATLAR RO‘YXATI

1. Mahalliylashtirish dasturiga kiritishga taklif etilayotgan loyihalar uchun:

- loyihani mahalliylashtirish dasturiga kiritish to‘g‘risidagi ariza.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:

- tasdiqlangan nusxadagi loyiha pasporti;

- oxirgi ikki yil uchun, davlat soliq organlari belgisi/tamg‘asi tushurilgan, tasdiqlangan buxgalteriya balansi (1-forma) va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2-forma).

2. Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihaning ba'zi parametrlariga o‘zgartirish kiritish uchun (faqat ishlab chiqarish hajmini oshirish holatlaridan mustasno):

- loyihaning tegishli parametrlariga o‘zgartirish kiritish zarurligini asoslovchi tushuntirish xati, tahliliy va jadval ma'lumotlari;

- tegishli o‘zgartirishlar kiritilgan loyiha pasporti.

3. Loyihalarni Mahalliylashtirish dasturidan chiqarish uchun - loyihani Mahalliylashtirish dasturidan chiqarish zarurligini asoslovchi tushuntirish xati, tahliliy va jadval ma'lumotlari.


LOYIHALARNI MAHALLIYLASHTIRISH DASTURIGA KIRITISH YAGONA MEZON VA TALABLARI

a) mahalliylashtirilgan mahsulotni ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish quvvatlari va mahalliy xomashyolarning mavjudligi;

b) ishlab chiqariladigan mahsulot bo‘yicha mahalliylashtirish darajasi kamida 36%ni tashqil etishi;

v) ishlab chiqariladigan mahsulotning tashqi savdo tovar nomenklaturasi bo‘yicha kodi (kod TN VED) birlamchi xomashyoga nisbatan birinchi 4 raqamida o‘zgarishi;

g) ichki va tashqi bozorlarda mahsulotga talabning mavjudligi;

d) mahsulot importi mavjudligi (yangi turdagi mahsulotlar bundan mustasno);

ye) mahsulot iste'molchilari bilan tuzilgan shartnomalar yoki birlamchi kelishuvlarning mavjudligi;

j) mahalliylashtirish mahsulot narxi import qilinayotgan o‘xshash mahsulot narxidan (transport, soliq va bojxona harajatlarini hisobga olgan xolda) balandmasligi.

Eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan, hamda yuqoridagi mezon va talablarga mos loyihalarni amalga oshiruvchi va xalqaro talablar asosida sifat boshqaruv tizimini joriy etgan korxonalar mahalliylashtirish Dasturiga ustuvor ravishda kiritiladi.


Veb-sayt test holatida ishlamoqda.