A
x up auto down
conv
conv
phone
Loading...

Saytdagi yangi ma’lumotlar

“Navoiy” KMK ning Surxondaryodagi ikkinchi zamonaviy loyihasi

Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi Qo‘ng‘irot mahallasida zamonaviy parrandachilik majmuasi foydalanishga topshirildi. 

Davomi » Nashr etilgan: Ju, 23/03/2018 - 11:36

Qashqadaryoda chigit ekish boshlandi

O‘tgan yili davlatga rejaga qo‘shimcha 10 ming tonnadan ziyod paxta sotgan mirishkorlik omilkor dehqonlar joriy yilda ham mo‘l hosil yetishtirish uchun qizg‘in agrotexnik tadbirlarni boshlab yubordi.

Davomi » Nashr etilgan: Shan, 17/03/2018 - 10:50

Qorako‘lchilik sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Mamlakatimizda qorako‘l mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va ularning turlarini ko‘paytirishga qaratilgan keng ko‘lamli tarkibiy o‘zgartirishlar amalga oshirildi. 

Davomi » Nashr etilgan: Shan, 17/03/2018 - 10:40

Afinada o‘tgan “Food Expo Greece – 2018” xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston vakillari ilk bor ishtirok etdi

Joriy yilning 10-12 mart kunlari Afinada oziq-ovqat va ichimliklar – “Food Expo Greece – 2018” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. 

Davomi » Nashr etilgan: Se, 13/03/2018 - 17:46

Innovatsion g‘oyalarni targ‘ib etishning samarali yo‘llari

Bugun Iqtisodiyot vazirligida vazirlik markaziy apparati rahbar-xodimlari va tarkibiy bo‘linmalar xodimlari ishtirokida  2018-yil - faol tadbikorlik, innovatsion g‘oya va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”ga bag‘ishlangan  ilmiy, ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Davomi » Nashr etilgan: Chor, 07/03/2018 - 17:08

O‘zbekistonda yana bir ixtisoslashgan erkin iqtisodiy zona tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kecha imzolagan farmoniga muvofiq, Toshkent shahrida “Sport” erkin iqtisodiy zonasini tashkil qilinadi.

Davomi » Nashr etilgan: Se, 06/03/2018 - 11:44

Sanoat korxonalarining samarali faoliyati iqtisodiyotning barqaror ishlashining muhim omili

Ma'lumki, joriy yilda sanoat mahsulotlarining o‘sish sur'ati 107,8 foizni tashkil etishi mo‘ljallangan (qo‘shilgan qiymatda 106,4 foiz). Shu jumladan, ushbu chorakda bu ko‘rsatkich 106,2 foizni tashkil etishi zarur. Bu maqsadda, o‘tgan yili 161 yangi yirik hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida 7 mingdan ziyod sanoat ishlab chiqarish quvvatlari barpo etilgan. Bundan tashqari mamlakatimizning valyuta siyosatini erkinlashtirilishi o‘zining ijobiy samarasini bermoqda.

Davomi » Nashr etilgan: Shan, 03/03/2018 - 16:14

Paxta xom ashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Bozor munosabatlarini keng joriy etish hamda qishloq xo‘jaligida moliyalashtirish va o‘zaro hisob-kitoblar mexanizmlarini tubdan takomillashtirish, shu asosda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar va ularga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holatini yaxshilash, rentabelligini oshirish, yetishtirilayotgan mahsulot hajmlari barqaror o‘sishini ta'minlash maqsadida: 

Davomi » Nashr etilgan: Ju, 02/03/2018 - 09:46

2017-2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi doirasida ariza beruvchilarning ijtimoiy ustuvorligini aniqlash bo‘yicha hisobga olinadigan ijtimoiy mezonlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi  to‘g‘risida”gi 2016-yil 21-oktyabridagi PQ-2639-sonli va “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida 2017-2021-yilarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2017-yil 2-martdagi PQ-2812-sonli qarorlariga muvofiq arzon uy-joylar qurish dasturi doirasida ariza beruvchilarning ijtimoiy ustuvorligini aniqlash bo‘yicha quyidagi ijtimoiy mezonlar hisobga olinadi:

a) ariza beruvchida mulk huquqi bilan turar joyning yo‘qligi va turar joyda ijara shartlarida yoki yashash uchun yaroqsiz turar joyda yashashi;

b) boshqa oila yoxud boshqa oilalar bilan bir uyda (bir kvartirada) yashashi;

v) ko‘p bolali;

g) ariza beruvchi oilasining daromadi;

d) bir yoki undan ko‘p bola ota-onalardan biri (to‘liq bo‘lmagan oila) tomonidan tarbiyalanishi va boqilishi;

e) ariza beruvchining oila a'zolari orasida surunkali kasallikning og‘ir turlaridan azob chekuvchi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq alohida xonada yashashga muhtoj bo‘lgan shaxslarning mavjudligi;

j) ariza beruvchining oila a'zolari orasida birinchi guruh nogironi mavjudligi;

z) uy-joy maydonining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan (bir shaxs uchun umumiy uy-joy maydoni 16 kv.metrdan kam bo‘lmagan, kursi-kolyaskadagi nogironlar uchun 23 kv.metrdan kam bo‘lmagan) uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq emasligi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-fevralidagi 103-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ariza beruvchi - uy quruvchining 2017-2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi to‘g‘risidagi nizomi” to‘g‘risida batafsil ma'lumotga ega bo‘lish uchun bu yerni bosing.

Word shaklida anketa-arizani yuklab oling

Qaror va uning boshqa ilovalari bilan Lex.uz sahifasida tanishing

Davomi » Nashr etilgan: Pay, 01/03/2018 - 11:53

Iqtisodiyot barqarorligining asosiy omili – eksport

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 27-fevral kuni eksportni oshirish va importni qisqartirish bo‘yicha qo‘yilgan vazifalar ijrosi, bu borada tarmoqlar va hududlardagi ishlar holati tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Davomi » Nashr etilgan: Chor, 28/02/2018 - 09:29

Pages