A
x up auto down
Обращение
conv
conv
phone
diag
Loading...

Saytdagi yangi ma’lumotlar

O‘zbekiston xalqaro ipakchilik komissiyasiga a’zo bo‘ldi

– Bu komissiya Birlashgan Millatlar Tashkilotida ro‘yxatga olingan tuzilma bo‘lib, uning asosiy maqsadi xalqaro ko‘lamda ipakchilik va ipak sanoatini rivojlantirishga qaratilgan, – deydi «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi boshqaruvi raisi Bahrom Sharipov. – Unga a’zo bo‘lishimiz, eng avvalo, sohada yuz berayotgan so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishimizni ta’minlaydi. Shuningdek, yurtimizda ipakni qayta ishlash va uning eksportini kengaytirishda qo‘l keladi. 

Davomi » Nashr etilgan: Pay, 19/10/2017 - 09:18

Xorazmning iqtisodiy rivojlanishi, sayyohlik salohiyati va ijtimoiy hayoti yangi bosqichga ko‘tariladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan tanishish, istiqboldagi vazifalarni belgilash maqsadida 14-oktabr kuni Xorazm viloyatiga keldi. 

Davomi » Nashr etilgan: Du, 16/10/2017 - 10:30

Yoshlar siyosatiga oid yana bir tadbir

Bugun Vazirlik tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturining 15-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida “Yoshlarni vatanparvarlik, fidoiylik va o‘z kasbiga muhabbat ruhida tarbiyalash” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davomi » Nashr etilgan: Ju, 13/10/2017 - 13:50

Toshkentda «Open HR Business Forum – 2017» deb nomlangan xalqaro biznes-tadbir bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Xalqaro biznes va texnologiyalar uyushmasi ko‘magida tashkil etilgan mazkur tadbir «Hamkorlik, rivojlanish, muvaffaqiyat» g‘oyasi ostida biznes sohasi mutaxassislari, iqtisodchilar, davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari, tadbirkorlar va o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan yoshlarni birlashtirdi. Unda mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitining yangi davri, uning me’yoriy-huquqiy asoslari, tadbirkorlik sub’ektlari uchun mavjud imkoniyatlar va biznesni yanada rivojlantirish strategiyalari muhokama qilindi. 

Davomi » Nashr etilgan: Chor, 11/10/2017 - 10:14

O‘zbekiston brendini shakllantirish masalalari muhokama qilindi

Har qanday mamlakatning barqaror rivojlanishi uning xalqaro miqyosdagi nufuzi, investitsion jozibadorligi bilan chambarchas bog‘liq. Buni bir so‘z bilan “mamlakat brendining shakllanganligi” tushunchasi bilan izohlash mumkin. 

Davomi » Nashr etilgan: Chor, 11/10/2017 - 10:07

«O‘zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil» esdalik nishonini ta’sis etish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

1992-yil 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun yurtimiz tarixidagi buyuk sanalardan biridir. 

Davomi » Nashr etilgan: Chor, 11/10/2017 - 10:00

Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 9-oktabrdagi PF–5199-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida: 

Davomi » Nashr etilgan: Chor, 11/10/2017 - 09:42

Vazirlikda navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi

Bugun Iqtisodiyot vazirligida “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari eksport faoliyati uchun so‘nggi yillarda yaratilgan imkoniyatlar” mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Davomi » Nashr etilgan: Ju, 06/10/2017 - 18:01

O‘zbekiston – Rossiya ishbilarmonlari istiqbolli kelishuvlar imzoladi

Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifi doirasida poytaxtimizda O‘zbekiston – Rossiya ishbilarmonlari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi. 

Davomi » Nashr etilgan: Pay, 05/10/2017 - 10:43

Qulay ishbilarmonlik muhiti - tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish garovidir

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining “Голос Узбекистана” gazetasining muhbiriga bergan intervyusining o‘zbek tilidagi tarjimasi

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq mamlakatimiz iqtisodiyoti amalda o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Natijada sanoat tarmoqlari, soliq-byudjet tizimi, bojxona va valyuta siyosatida chuqur tarkibiy o‘zgarishlar yuz berdi. Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yangi, yanada qulay muhit yaratildi.

Davomi » Nashr etilgan: Se, 03/10/2017 - 16:14

Pages