Iste'mol savati va yashash minumumi

26/06/2018 - 16:15 15558

Bugun Iqtisodiyot vazirligida yosh xodimlarning professional-kasbiy darajasini yuksaltirish, ko‘p yillik ish stajiga ega xodimlarning malaka va tajribalari bilan o‘rtoqlashish maqsadida “Iste'mol savati va yashash minumumi” mavzusiga bag‘ishlangan seminar trening bo‘lib o‘tdi. 

Seminar treningni vazirlikning Iste'mol byudjeti va aholi turmush darajasini prognozlashtirish bo‘limi boshlig‘i Yulduz Abdug‘aniyeva olib bordi. 

Unda mavzu bilan bog‘liq masalalar, xususan, aholining xarid qilish darajasi, minimal iste'mol savatini shakllantirishda tavsiya etiladigan o‘rtacha kundalik minimal iste'mol mahsulotlarning turlari, minimal iste'mol savatining qiymati va tarkibini shakllantirishdagi ayrim omillarga nisbatan bozor mexanizmlarini qo‘llash jihatlariga to‘xtalindi. 

Seminar treningda ko‘tarilgan mavzu bo‘yicha ishtirokchilar bilan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

Ushbu havola orqali seminar trening taqdimotini yuklab olishingiz mumkin.

Axborot xizmati