O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi xodimlari va hokimiyat vakillari uchun Loyiha davrini boshqarish mavzusida trening press-relizi
20/02/2019 - 19:46 28598
Evropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan "O‘zbekiston qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish" loyihasi institutsional rivojlantirish komponentini amalga oshirmoqda.
Ushbu komponentning maqsadi hududiy rivojlantirishni rejalashtirish sohasida hududiy va mahalliy hokimiyatlarning salohiyatini oshirish, shuningdek, hududiy rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqishning yondashuvlarini o‘zgartirishdan iborat.
Globallashuv sharoitida va xalqaro bozorda raqobatbardoshlikni oshirishda O‘zbekiston har bir hududning rivojlanishini ta'minlashi kerak, chunki mamlakat iqtisodiyoti butun ma'muriy-hududiy birliklarning teng va mos ravishda rivojlanishiga bog'liqdir.
Bugungi kunda O‘zbekiston hududlarining rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, uning xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi va shuning uchun barqaror rivojlanishning zarur elementi hisoblanadi.
Strategiyaning asosiy maqsadi mahalliy hokimiyatlarning imkoniyatlarini tashkiliy qo‘llab-quvvatlash, xorijiy va mahalliy investorlar uchun investitsiya muhitini yaxshilashdir.
Bu esa, o‘z navbatida, ish o‘rinlarini yaratish, aholining farovonligini oshirish va hududning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta'minlash imkoniyatidir.
Tadbir haqida ma'lumot
19-20 fevral kunlari Evropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan "O‘zbekistonda qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish" loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining loyihalarni strategik boshqarish, Evropa Ittifoqi mamlakatlari ilg'or tajribalarini o‘rganish bo‘yicha trening o‘tkazildi. 22-23 fevral kunlari Farg'ona shahrida Farg'ona, Andijon va Namangan viloyatlari hokimiyatlari vakillari uchun trening o‘tkaziladi.
Ushbu trening "Institutsional rivojlanish" komponenti doirasida Tadbirkorlik rivojlantirish va rahbar xodimlar malakasini oshirish markazi (CEED, Bolgariya) tomonidan tashkillashtiriladi va xalqaro ekspertlar Nikolay Yarmov va Kamelia Kaloyanavalar tomonidan o‘tkaziladi.
Trening davomida ishtirokchilar loyiha davrining bosqichlari bilan tanishishadi, shuningdek, loyiha taklifini tayyorlashga yondashuvlar, jumladan, amalga oshirish va monitoring jarayonlaridir.
Trening yakunida ishtirokchilar hududiy rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish, loyiha davri jarayonining funktsiyalari va bosqichlarini ishlab chiqishda loyihalarning ahamiyati haqida bilimga ega bo‘lishadi va loyiha rejasi va byudjetini ishlab chiqish uchun asosiy uslubini qo‘llashlari mumkin.
Loyiha haqida qisqacha ma'lumot
Evropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan "O‘zbekistonda qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish" Loyihasi Germaniyaning Xalqaro Hamkorlik bo‘yicha Jamiyati (GIZ) konsortsiumi, Frantsiyaning Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va qishloq hududlarini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish agentligi (ADECIA), Italiya Chorvachilik uyishmasi (AIA) va Bolgariya tadbirkorlikni rivojlantirish va rahbar xodimlar malakasini oshirish markazi (CEED).
Loyiha 2016 yilda loyihaning asosiy hamkori o‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda o‘z faoliyatini boshlagan.
Loyiha Sirdaryo, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida hamda Farg'ona vodiysida kartoshkachilik, bog'dorchilik va chorvachilik sohalarida qo‘shimcha qiymat zanjirini rivojlantirish bo‘yicha o‘z tadbirlarini amalga oshirmoqda. Bundan tashqari, loyiha hududiy rivojlantirishni rejalashtirish yo‘nalishida hududiy va mahalliy davlat idoralarining institutsional rivojlanishi va salohiyatini oshirish ustida ishlamoqda.
Amalga oshirish jarayoni
Bugungi kunda institutsional rivojlanish komponenti doirasida tegishli mahalliy davlat idoralari, biznes tuzilmalari va nodavlat tashkilotlari vakillari tomonidan mintaqaviy ishchi guruhlar tashkil etilgan. Shuningdek, biznes rejalashtirish va SWOT tahlillari bo‘yicha treninglar ham o‘tkazildi.
Kelgusida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan hamkorlikda Namangan va Sirdaryo viloyatlarining hududiy rivojlantirish strategiyasini hududiy ishchi guruhlarning ishtirokida Evropa Ittifoqi mamlakatlarining bilim va tajribalarini qo‘llagan holda ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Qo'shimcha ma'lumot olish yoki loyiha ekspertlari bilan suhbatlashish uchun quyidagi manzilga murojaat qiling:
PR bo'yicha mutaxassis: Rano Islambekova, +998 91 164 02 27, rano.islambekova@giz.de