Press-reliz: Boshqaruv qo‘mitasi yig‘ilishi va dala tashrifi

03/05/2019 - 13:49 25580

Evropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan va Konsortsium tomonidan amalga oshirilayotgan "O‘zbekistonning qishloq hududlarida barqaror rivojlanish" loyihasi

Loyiha haqida qisqacha ma'lumot 

Evropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan "O‘zbekistonnung qishloq hududlarida barqaror rivojlanish" loyihasi Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sohalarida va qishloq hududlarida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Fransiya agentligi (ADECIA) Italiyayaning zotdor uy hayvonlari yetishtiruvchilarining uyushmasi (AIA) va Bolgariya Tadbirkorlik va boshqaruvni rivojlantirish markazi (CEED) tomonidan amalga oshirilmoqda. 

Loyiha 2016-yilda, O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamkorligida amalga oshirila boshlandi. Loyiha kartoshka mahsuloti, bog‘dorchilik va chorvachilikning qiymat zanjirlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Tadbirlar Sirdaryo, Qashqadaryo, Jizzax viloyatlarida, shuningdek, Farg‘ona vodiysida amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, loyiha mintaqaviy rivojlanishni rejalashtirishda mintaqaviy va mahalliy hokimiyatlarning institutsional rivojlanishi va salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan.

Faoliyat haqida ma'lumot

26-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan "O‘zbekistonning qishloq hududlarida barqaror rivojlanish" loyihasi bo‘yicha Boshqaruv qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv pilot loyihasi hamkorlaridan biri bo‘lgan Guliston davlat universitetida tashkil etilib, uni qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Saidkomol Xo‘jaev ochib berdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Evropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va loyihaning 6 ta pilot viloyat hokimliklar vakillari ishtirok etdi. Yig‘ilish jarayonida, Boshqaruv qo‘mitasi a'zolariga loyihaning amalga oshirilish holati va loyiha doirasida tashkil etilgan Fermerlar kooperaciyasini rivojlantirish bo‘yicha batafsil ma'lumotlar berildi. Bolgariya Tadbirkorlik va Ijtimoiy Rivojlanish Markazining (CEED) ko‘magida Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti tomonidan ishlab chiqilgan Sirdaryo viloyatining barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi loyihasining taqdimoti, uchrashuvning yana bir e'tiborga loyiq mavzularidan biri bo‘ldi. 

O‘z nutqida, qishloq xo‘jaligi vazirining muovini O‘zbekistondagi qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga alohida e'tiborini qaratib, kelgusidagi asosiy rivojlanish yo‘nalishlari haqida to‘xtalib o‘tdi. Shu bilan birga, janob Xo‘jaev loyiha asoschilariga o‘z minnatdorchiligini bildirib, loyihaning O‘zbekiston Prezidentning 2019-yil 14-martdagi 42/39-sonli qarorida ko‘rsatilgan qishloq xo‘jaligi kooperaciyalarini rivojlantirish va amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash jarayonlariga qo‘shayotgan hissasining ulkan ahamiyatga egaligini ta'kidladi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Sanoat vazirligining vakili Yulduz Abduganieva institutsional mustahkamlash va strategiyani ishlab chiqish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish ahamiyatining muhimligini ta'kidladi. Shu bilan birga, Abduganieva xonim vazirlik xodimlari uchun mintaqaviy rivojlanish va loyihani amalga oshirish sohasida mintaqaviy idoralar, shu jumladan Yevropa davlatlari tajribasini hisobga olgan holda tashkil etilgan qator o‘quv-treninglarning ijobiy ta'sirini qayd etib o‘tdi.

Barcha Boshqaruv qo‘mitasi a'zolari ushbu loyihani amalga oshirishga bo‘lgan intilishlarini ta'kidladilar va ushbu uchrashuv juda mazmunli va konstruktiv tarzda o‘tganligini bir ovozdan ta'kidlab o‘tdilar.

Sessiyaning loyihaviy sinov hududlardan birida o‘tkazilishi haqiqatan ham barcha ishtirokchilarga loyiha faoliyati bilan amaliy tanishish imkonini yaratdi. Xususan, yig‘ilishdan so‘ng guruh Guliston davlat universiteti negizida tashkil etilgan tuproqlarni agrokimyoviy tekshirish laboratoriyasi va loyiha tashabbusi bilan tashkil etilgan "Dehqonobod asli anori" anor ishlab chiqaruvchilari kooperativida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Bog‘da kooperativ a'zolari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda ishtirok etgan Mirzoobod tumani hokimining o‘rinbosari barcha ishtirokchilarni qutladi. Uchrashuv uyushma muammolarini hal etish va kelgusidagi istiqbollarni muhokama qilish uchun ochiq muloqot shaklida olib borildi.

Amalga oshirilgan tadbirlar

Bugungi kundagi holatga ko‘ra, loyiha bo‘yicha quyidagi to‘rt qishloq xo‘jaligi kooperativlarini tashkil etish ishlari boshlab yuborildi:

1. 30 nafar faol a'zolar ishtirokidagi Sirdaryo viloyatidagi "Dehqonobod asli anori" anor ishlab chiqaruvchialri kooperativi;

2. 25 nafar faol a'zolar ishtirokidagi Jizzax viloyatidagi "Baxmal meva" mevachilik kooperativi;

3. 15 nafar faol a'zolar ishtirokidagi Namangan viloyatidagi "Vodiy mevalari" danakli meva ishlab chiqaruvchi va qayta ishlovchilar kooperativi;

4. 5 nafar faol a'zolar ishtirokidagi Andijon viloyatidagi "Innovatsiya Agro Servis" kartoshka ishlab chiqaruvchilari kooperativi.

Bundan tashqari, Namangan, Andijon, Sirdaryo, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida Evropa Ittifoqi mamlakatlarining meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba va bilimlarni o‘rganish, fermer va meva-sabzavotlarni ishlab chiqaruvchilarni qo‘shimcha qiymatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni eksport qilish salohiyatlarini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ko‘rgazma bog‘lari, ko‘chathonalar va qayta ishlash sexlari tashkil etilgan.

"Institutsional rivojlantirish" komponenti doirasida tegishli mahalliy hokimiyat organlari, xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar va nodavlat tashkilotlari vakillaridan iborat Hududiy Ishchi Guruhlar tashkil etilgan. Shuningdek, O‘zR Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, shu jumladan hududiy boshqarmalar va HIG xodimlari uchun biznes reja, SWOT tahlillari, loyiha davriyligini boshqarish bo‘yicha amaliy treninglar tashkil etildi. Keyinchalik, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan hamkorlikda va viloyat ishchi guruhlarini jalb qilgan holda Namangan va Sirdaryo viloyatlarining mintaqaviy rivojlanish strategiyasi loyihasini ishlab chiqish rejalari qo‘yilgan. Ushbu strategiya muayyan mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, Evropa Ittifoqi mamlakatlarining bilim va tajribasiga asoslanib Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti tomonidan ishlab chiqilmoqda.

Qo‘shimcha ma'lumot olish yoki loyiha ekspertlari bilan bog‘lanish uchun quyidagi rasmiy vakilga murojaat qilishingiz mumkin: 

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mas'ul hodim: Rano Islambekova, +998 91 164 02 27, rano.islambekova@giz.de

Press-relizni yuklab oling: O‘zbek tilida     Rus tilida     Ingliz tilida