Tovarlar (ishlar, xizmatlar) davlat xaridlari boʻyicha tender hujjatlari va texnik topshiriqlarning kompleks ekspertizasi
17/05/2019 - 22:39 11499
Oʻzbekiston Respublikasi "Davlat xaridlari toʻgʻrisida"gi Qonuniga muvofiq davlat xaridlari sohasini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadlari:
- davlat strategik maqsadlari va vazifalariga erishish;
- rivojlantirish davlat dasturlarini ijro etish;
- davlatning ijtimoiy vazifalarini bajarish;
- davlat xizmatlarini amalga oshirish;
- budjet tashkilotlarining, budjet mablagʻlari oluvchilarning tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) boʻlgan ehtiyojlarini taʻminlash uchun davlat xaridlari subʻektlariga qulay muhitni shakllantirishdan, shuningdek davlat xaridlarini amalga oshirishda korrupsiyaga va qonun hujjatlarining boshqacha buzilishlariga qarshi kurashishdan iborat.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PQ-4105-son «Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi Qarori bilan oʻrnatilgan tartibga muvofiq:
- 2019-yil 1-fevraldan boshlab tovarlar (ishlar, xizmatlar) davlat xaridlari boʻyicha texnik topshiriqlar narx koʻrsatkichlarining oʻrtacha bozor darajasini oʻrganish natijalari boʻyicha dastlabki hisob-kitoblar asosida shakllantiriladigan ularning cheklangan qiymatini belgilagan holda ekspertizadan oʻtkazish uchun "Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi" DUK (keyingi o‘rinlarda — Markaz)ga taqdim etiladi;
- davlat buyurtmachisi kontraktlarni, import kontraktlarini ixtiyoriy ravishda shartnoma asosida ekspertizadan oʻtkazish uchun Markazga taqdim etishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-son Qarori bilan tasdiqlangan Davlat tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xarid qilish uchun tender hujjatlarini va texnik vazifalarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, Markazda quyidagilar ekspertizadan oʻtkaziladi:
- Davlat xaridlari boʻyicha tender hujjatlarining bitta shartnoma summasi:
- budjet buyurtmachilari uchun eng kam ish haqining 6 ming baravaridan ortiq miqdoridagi davlat xaridlari;
- korporativ buyurtmachilar uchun eng kam ish haqining 25 ming baravaridan ortiq miqdoridagi davlat xaridlari. Agar korporativ buyurtmachi budjet tizimining byudjet mablagʻlari hisobidan davlat xaridini amalga oshirsa, korporativ buyurtmachi ushbu xarid boʻyicha budjet buyurtmachisi sifatida qaraladi;
- Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilishda ishlab chiqilgan texnik topshiriqlar:
- shartnoma summasi eng kam ish haqining 5 ming baravaridan ortiq miqdoridagi davlat xaridlari;
- strategik xarid qiluvchilar va ustav fondida strategik xarid qiluvchilarning ulushi boʻlgan tashkilotlar tomonidan 50 ming AQSh dollari ekvivalentidan ortiq miqdoridagi davlat xaridlari.
Tender hujjat va teхnik topshiriqlar quyidagi shartlar boʻyicha ekspertizadan oʻtkaziladi:
-
- yuqorida koʻrsatilgan Qonun va Nizom talablariga muvofiqligiga doir;
- nomlar va atamalarning bir хilda qoʻllanilishi, ularning turlicha talqin qilinishini istisno etishga doir;
- qonun hujjatlari bilan tender ishtirokchilari uchun belgilangan talablarga rioya etilishiga doir (lisenziya, ish tajribasining mavjud boʻlishi, moliyaviy holati, teхnik jihatdan taʻminlanganligi, davlat хaridlarining muayyan obʻyektidan kelib chiqib boshqa malakaviy talablar);
- teхnik va moliyaviy baholash omillarining хolisligi va asoslanganligiga doir;
- tender hujjati yoki teхnik topshiriqlar takroran kiritilganda, ijobiy хulosa berishni rad etish sabablarini bartaraf etilganligiga doir.
Tender hujjatini yoki teхnik topshiriqni ekspertizadan oʻtkazish uchun davlat buyurtmachisi, bir vaqtning oʻzida ularni elektron koʻrinishda https://expertcenter.uz veb-saytiga joylashtirish bilan birga, Markazga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Tender hujjatini ekspertizasi uchun:
-
- ariza;
- tender hujjati, barcha ilovalari va ularning nusхalari bilan (davlat buyurtmachisi vakolatli shaхsining muhri va imzosi bilan tasdiqlangan qogʻoz koʻrinishidagi nusхalari);
- portalda va ommaviy aхborot vositalarida eʻlonni joylash uchun tender oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʻlonning toʻliq matni;
- davlat buyurtmachisi imzosi va muhri bilan tasdiqlangan, tanlov hujjatlari ishlab chiqilayotgan davrda amalda boʻlgan narxni shakllantirishni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.
Teхnik topshiriqni ekspertizasi uchun:
-
- ariza;
- teхnik topshiriq, barcha ilovalari va ularning nusхasi bilan.
Markazning ijobiy хulosasi berilgandan keyin davlat va korporativ buyurtmachilari tender va tanlov savdolarini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladilar.