Muhim qarorlar – jamoatchilik muhokamasida
06/11/2019 - 16:19 7371
Bugun mamlakatimizning siyosiy ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga doir ustuvor vazifalarni amalga oshirishda jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, ularning faolligini kuchaytirishga alohida urg‘u berilmoqda.
Iqtisodiyot va sanoat vazirligida ana shunday tadbirlardan biri – Jamoatchilik kengashining navbatidagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tegishli Prezident farmoni bilan tasdiqlangan “2019-2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasida zargarlik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi”da keltirilgan topshiriqlar ijrosi doirasida hukumatimizning Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlar ishlab chiqarishni litsenziyalash tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash hamda Zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun qimmatbaho metallarni sotish va hisob kitoblarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan ishlab chiqilgan qaror loyihalari muhokamaga qo‘yildi.
Kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha muhokamada Kengash a’zolari tomonidan ayrim fikr va mulohazalar hamda takliflar bildirildi.
Yig‘ilish yakunida mazkur hujjatning mazmun-mohiyatini jamoatchilikka yetkazish borasida aniq vazifalar belgilab olindi.