Kommunal sohadagi amalga oshirilayotgan ishlar

16/05/2008 - 14:05 6793

Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari (XUJMSH) faoliyati haqida

O‘zbekiston Respublikasida kommunal sohani iqtisodiy isloh qilish jarayonida 2008 yilning 1 yanvar holatiga 4460 ta XUJMSHlari tashkil qilindi. Bu ko‘rsatkich 2007 yilning 1 yanvar holatiga 3897 tani tashkil qilgan edi.

XUJMSHga birlashgan va ular tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan ko‘pxonadonli uylarning soni 25961 tani va ulardagi xonadonlarning soni  esa 912479 tani tashkil etadi. Turar joy xonadonlarining umumiy maydoni 550089,7 kv.m tashkil qiladi. Shirkatlarga qarashli turar-joy xonadonlarida yashovchilar soni 2345,6 ming kishini tashkil etmoqda.

2008 yil yanvar-mart oylarida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan qurilib foydalanishga topshirilgan uy-joy binolari hamda suv va gaz tarmoqlari haqida

Respublikamizda 2008 yilning yanvar-mart oylarida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan jami 1423,5 ming kv.m uy joy binolari va yotoqxonalar qurib ishga topshirildi. Jami, qurib bitkazilgan va qurilayotgan uy-joy binolariga sarflangan kapital mablag‘lar hajmi 145256,3 mln. so‘mni tashkil etdi.

Respublika bo‘yicha barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan jami 323,2 km suv va 208,9 km gaz tarmoqlari  qurilib foydalanishga topshirildi, shu jumladan qishloq joylarida 268,5 km suv va 189,8 km gaz tarmoqlari foydalanishga topshirildi. Qurib bitkazilgan va qurilayotgan ob’yektlarga sarflangan mablag‘lar hajmi ichimlik suvi bo‘yicha 6093.8 mln. so‘mni va tabiiy gaz bo‘yicha 1673.6 mln. so‘mni tashkil etmoqda.