Demografik jarayonlar va mehnat bozori

01/06/2008 - 14:06 6929

Davlat statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 2008 yilning I-choragida o‘rtacha doimiy aholi soni 27124,0 ming kishini tashkil qilib, ularning 17409,2 ming nafari (umumiyga nisbatan 64,2%) qishloq aholisini va 9714,8 ming nafari esa (35,8%) shahar aholisidan iboratdir. Respublika aholisi soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 101,5% ga o‘sgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich qishloq joylarda 101,7% ni tashkil etgan.

Respublikada 2008 yilning I-choragida ish bilan band aholi soni 10701,9 ming kishini tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning hisobot davriga nisbatan 309,7 ming kishiga yoki 103,0% ga oshgan. Yuqori o‘sish ko‘rsatkichi Samarqand (47,3 ming kishi yoki 104,5%), Qashqadaryo (37,3 ming kishi yoki 104,4%), Namangan (35,3 ming kishi yoki 105,1%), Sirdaryo (34,2 ming kishi yoki 104,9%), Toshkent (33,5 ming kishi yoki 103,3%) va Andijon (30,7 ming kishi yoki 103,2%) viloyatlarida kuzatilgan.

Shuningdek, respublika bo‘yicha jami mehnatda band aholining yuqori ulushi asosan Farg‘ona (11,9%), Samarqand (10,6%), Toshkent (10,0%), Andijon (9,7%), Qashqadaryo (8,6%) viloyatlari hamda Toshkent shahri (10,8%) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2008 yilning I-choragida yangi ish o‘rinlari yaratish hududiy dasturlariga muvofiq jami 169,5 mingta yangi ish o‘rinlari tashkil etilgan, shulardan:

Ish bilan bandlikning o‘sishiga mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar hamda Prezidentimizning farmon va qarorlari doirasida amalga oshirilayotgan maqsadli dasturlar natijasida erishilgan.

Yangi ish joylarini yaratishning ustuvor yo‘nalishi bo‘lib, ish bilan bandlikning yangi shakllarini rivojlantirish, ayniqsa, ishchi kuchi ortiq bo‘lgan qishloq joylarida uy mehnati va servis sohasini rivojlantirish hisoblanadi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 5 yanvardagi PQ-3706-sonli Farmoni va 2006 yil 6 apreldagi PQ-616-sonli qaroriga muvofiq, joylarda korxonalar bilan kasanachilikni rivojlantirish asosida ishlab chiqarish va xizmatlar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirish bo‘yicha faol ish olib borilmoqda.

Hisobot davrida uy mehnati va oilaviy biznesni rivojlantirish hisobiga jami 55 mingga yaqin yangi ish joylari yaratilgan bo‘lib, ularning 27,3 mingtasi korxonalar bilan mehnat shartnomasi asosidagi kasanachilik o‘rinlaridir.

Qayd etilgan natijalar yangi ish o‘rinlarini yaratayotgan yirik korxonalar uchun mo‘ljallangan imtiyozlarning iqtisodiyotning boshqa yirik tarmoqlari va kichik sanoat korxonalariga ham tadbiq etilishi hisobiga erishildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 21 may PQ-640-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2010 yilgacha bo‘lgan davrda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, xizmat ko‘rsatish va servis sohasidagi sub’yektlarni mikrokreditlash bo‘yicha ishlar olib borildi.

2008 yilning I-чорагида xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish hisobiga 67 ming ish o‘rinlari yaratilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich jami yaratilgan ish o‘rinlarining 40% ini tashkil qiladi.

Xizmat ko‘rsatish va servis sohasida kichik va mikrokorxonalarni moliyalashtirish uchun Ish bilan bandlikka ko‘maklashuvchi jamg‘arma tomonidan hisobot davrida 1,52 mlrd. so‘m miqdorida mikrokredit ajratildi.