Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan oʻzaro hamkorlik sohalarini yanada kengaytirish yuzasidan onlayn uchrashuv
03/12/2020 - 11:45 7165
Joriy yilning 3-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri va Oʻzbekistondagi Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) rahbari Miyazaki Suguru va Hiroki Katayama oʻrtasida hamkorlik loyihalarini koʻlamini kengaytirish boʻyicha onlayn suhbat boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv avvalida Jahonni larzaga solgan Covid-19 pandemiyasi sababli vujudga kelgan iqtisodiy qiyinchiliklarning ta'siri va ushbu yoʻnalishda olib borilayotgan choralarning asosiy maqsadi shu qiyin vaziyatda iqtisodiyotni tiklash ekanligi taʻkidlab oʻtildi, jumladan hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlarga ham toʻhtalib oʻtildi. Shu oʻrinda, bir qator xalqaro tashkilotlar tomonidan mamlakat iqtisodiyotidagi oʻsish ijobiy baholanayotganligi aytib oʻtildi.
Yuqoridagilarga qoʻshimcha tarzda, mamlakatda pandemiya davrida aholiga berilgan ijtimoiy yordam, oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab quvvatlash uchun ajratilgan mablagʻlar va aholi malakasini oshirish uchun taʻlimning roli boʻyicha fikrlar bildirib oʻtildi.
Suhbat davomida elektr stansiyalar boʻyicha hamkorlik yuqori baholangan holda Oʻzbekiston tomoni Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan elektr energiya sohasida hamkorlik bilan cheklanib qolmasdan, boshqa soha va loyihalar, yaʻni, sogʻlikni saqlash tizimi, aholi malakasini oshirish, IT sohasi va boshqa infratuzilmalar boʻyicha hamkorlikni kengaytirishni va bular boʻyicha takliflarni kutib qolishini bildirib oʻtdi.
Oʻz navbatida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) vakili Miyazaki Suguru oʻzaro hamkorlikdan mamnunligini, aholi malakasini oshirishning yangicha yondashuvini topishga va yuqori darajadagi mutaxassislar bilan yordam qilishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha oʻzaro uchrashuvlar oʻtkazishdan mamnunligini va hamkorlik qilishga tayyorligini bildirishdi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati