Saudiya Arabistoni "ACWA Power" kompaniyasi rasmiylarining Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligiga tashrifi

29/01/2021 - 15:11 3424

Joriy yilning 25-yanavarida Saudiya Arabistoni "ACWA Power" kompaniyasining boshqaruv raisi Muhammad Abunayan va kompaniya rasmiylari Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligiga tashrif buyurishdi.

Uchrashuv davomida, Saudiya Arabistoni tomoni O'zbekiston bilan o'zaro aloqalarni rivojlantirishdan mamnunligini, shuningdek, energiya sohasida hamkorlik bilan cheklanmasdan, tibbiyot, qishloq xo'jaligi, turizm, inson kapitalini rivojlantirish va shu kabi qator sohalarda hamkorlik o'rnatishga qiziqish bildirishdi. 

O'zbekiston tomoni pandemiya sabab mamlakat iqtisodiyotidagi o'zgarishlarga to'xtalib o'tib, kutilayotgan ijobiy o'sish hamda qator sohalar, jumladan, xususiylashtirish, qishloq xo'jaligi va mevachilikning istiqbollari haqida fikrlar bildirib o'tishdi.

Uchrashuv so'ngida tomonlar samarali hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirib, o'z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

 Axborot xizmati