Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari-Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ijro etuvchi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi tayinlandi

15/03/2021 - 11:20 4468

Maxamatov Abbosxon Maxamat o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari-Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ijro etuvchi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi lavozimiga tayinlandi.

Maxamatov Abbosxon 1979-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek. Ma'lumoti oliy, 2000-yilda Toshkent Moliya institutini tamomlagan.

Maxamatov Abbosxon o‘z faoliyatini 1999-yilda O‘zsanoatqurilishbanki Rakat filiali Xalq xo‘jaligi tarmoqlarini kreditlash bo‘limi mutaxassisi sifatida boshlagan.

2000-2019-yillarda “Asakabank” va uning filiallarida mutaxassis va rahbar lavozimlarida ishlagan hamda 2019-2021-yillarda “Asakabank” AJ Boshqaruv Raisi o‘rinbosari lavozimida o‘z faoliyatini olib borgan.

Tayinlovga qadar, “Asakabank” AJ Boshqaruv Raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Axborot xizmati