2021-yilning 26-fevral va 1-mart kunlari markaziy apparatdagi bo‘sh ish o‘rinlariga e’lon qilingan tanlovning birinchi bosqichidan o‘tgan hamda suhbatga taklif etiladigan nomzodlar ro‘yxati:
17/03/2021 - 14:48 4561
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi rasmiy saytida 2021-yilning 26-fevral va 1-mart kunlari markaziy apparatdagi bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov e’lon qilingan.
E’lon bo‘yicha taqdim qilingan birlamchi hujjatlarga asosan birinchi bosqichdan o‘tgan hamda suhbatga taklif etiladigan nomzodlar ro‘yxati:
IJRO INTIZOMI VA DAVLAT DASTURLARINI MONITORING QILISH BOSHQARMASI
Bosh mutaxassis vakant lavozimiga
2021-yil 18-mart kuni soat 15:00 dan 16:00 gacha
|
1. Sultanov Boburjon Kamoljon o‘g‘li |
2. Nurmatov Shuxrat Ergashevich |
3. Eliboyev Аdxam Vaxobovich |
Onlayn (Zoom dasturi orqali) suhbatga taklif etiladi.
Suhbatda ishtirok etish uchun Internet tarmog‘iga ulangan veb-kamerasi va mikrofoni bo‘lgan kompyuter, planshet yoki smartfon bo‘lishi talab qilinadi.
Hujjatlarni topshirish jarayoni bo‘yicha savollar bilan Melibayeva Gulnora Achilovna (71) 232-64-29 va Ro‘ziqulova Aqida Baxtiyorovnaga (71) 232-65-40 telefon raqamlari orqali bog‘lanishingiz mumkin.
Onlayn suhbatni amalga oshirish uchun texnik yordam masalasida Karimov Otabek Eshmamatovichga (71) 232-65-77 va Ro‘zmatov Bohodir Rustamovichga (71) 232-65-21 telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Izoh: Ishlab chiqarish zaruratidan kelib chiqib, suhbat vaqti o‘zgarishi mumkin. Bunday hollarda nomzod xabardor qilinadi. Nomzodning ayrim sabablar bilan belgilangan vaqtda suhbatga qatnashmaganligi uchun vazirlik mutaxassislari javobgar emaslar.
* Ushbu ro‘yxatga qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.