Tadqiqot va o‘rganishlar yo‘nalishi: Oʻrta Chirchiq tumani (2021-yil fevral-oktabr)
01/11/2021 - 16:59 3713
Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida “Mahalla raisi - islohotchi” tamoyili asosida 2021 yil 28 fevral – 26 oktyabr kunlari quyidagi ishlar amalga oshirildi.
“Mahallabay” va “xonadonbay” o‘tkazilgan o‘rganishlarda 2 508 ta muammo va masalalar aniqlanib, 1 910 tasi joyida bartaraf etildi. Qolganlari “Yo‘l xarita”ga kiritilib, ijrosi nazoratga olindi.
Dastlab infrastrukturani yaxshilashga e'tibor qaratildi. Ishchi guruh tomonidan 268,2 km ta'mirtalab ko‘chalar aniqlanib, 207,5 km (107,2 km shag‘al va 100,3 km asfal't) qismi ta'mirlandi.
Jumladan obod qishloq dasturiga kiritilgan Yangiobod MFYda 1 km, Kuchlik MFYda 2 km yo‘llar asfalt qilindi.
“4R 19” Nurafshon - Piskent avtomobil' yo‘lining 6-7 km oralig‘idagi 6,2 km piyodalar yo‘lakchasi tashkil etildi hamda 3 dona svetofor o‘rnatildi.
Buidan tashqari 4 R-2 avtomobil yo‘lining Guliston mahallasidan o‘tgan qismiga 1 ta, Qorasuv mahallasidan o‘tuvchi qismiga 1 ta svetafor o‘rnatildi.
Elektr energiya ta'minoti bo‘yicha 32,040 ming dona aqlli elektron hisoblagichlar o‘rnatilib, TETK tomonidan 186 dona temir-beton tayanch ustunlar o‘rnatildi, 8 km uzunlikdagi ta'mirtalab simlar SIP simlariga almashtirildi, 10 dona transformator punkti o‘rnatildi, 3 ta transformator o‘rnatilmoqda.
Bundan tashqari “Toshloq”, “Xalqobod” MFY larga – TP-182, TP-348 transformatorlarini yuksizlantirish maqsadida 2 dona quvvati 160/10 kVa transformator punktlari olingan, hozirda o‘rnatish ishlari jarayonda.
Tabiiy gaz ta'mintini yaxshilash bo‘yicha Bugungi kun xolatiga 12,0 km gaz tarmoqlari xamda 550 ta gaz taqsimlash punktlari ta'mirlandi, 30 441 dona yoki 100 % elektron hisoblagichlar o‘rnatildi, bundan tashqari Kuchlik mahallasida gaz ta'minotini yaxshilash maqsadida 95 mln.so‘m mablag‘lar hisobiga 2 000 metr masofoda diametri 159 mm bo‘lgan gaz quvurlari tortildi.
O‘rtasaroy, Toshloq, Chegara, A.Yo‘lbarisov va Ko‘kmo‘yin maxallariga Bektemir GRESidan 12,5 kmlik gaz quvurlari tortib kelinib ushbu mahalladagi honadonlar tabiiy gaz bosimi yaxshilandi.
Bundan tashqari 2 ta mahallada (Turkiston, Sholikor) jinoyatchilikni oldini olish maqsadida zamonaviy kameralar qo‘yildi.
“Toshkent suv ta'minoti” MChJning buyrug‘i bilan O‘rta Chirchiq tuman bo‘limi tashkil etildi va Toshkent-Bekobod yo‘li yoqasidagi sobiq Davlat xizmatlari markazi binosiga joylashtirildi.
“Paxtaobod” mahallasidagi 2 ming aholiga xizmat ko‘rsatuvchi ichimlik suv quvurlari rekonstruksiya qilish loyihasi ishchi guruh aralashuvi bilan foydalanishga topshirildi.
Qorasuv daryosining tuman hududidan oqib o‘tgan qismi Suv ho‘jaligi vazirligining 61 nafar ishchi xodimlari, 27 ta texnikalar jalb qilingan holda 2,5 km qismi atrofi tozalandi.
Qurilishi tugallanmay qolgan 2 ta maktab va 1 ta bog‘cha binolarida qurilish ishlari tiklandi. 27 dan ortiq quruvchilar jalb qilinib, bugungi kunda 1 ta maktabda va 1 ta bog‘cha binolarida qurilish ishlari yakunlandi.
Fuqarolarga, xususan daftardagilarga 65 ta qoramol, 5 233 ta qo‘y va 1 022 ta tikuv mashinasi yetkazildi hamda 62 ta issiqxona qurildi. 42 ta xizmat ko‘rsatish ob'ektlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ushbu ishlarga 41,6 mlrd.so‘m kredit ajratildi.
Birgina, 3 mart kuni o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida 105 ga yaqin ishsizlarga yo‘llanmalar berildi, 15 ta qoramol va 164 ta qo‘y (390 mln.so‘mlik) kredit hisobiga tarqatildi.
Shuningdek, ishsiz va mutaxassisligi bo‘yicha ish topishda qiynalayotgan 360 ta fuqaro kasbga qayta o‘qish uchun yuborildi, shundan 236 nafar ishsiz ayollar.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida dastlab “Temir daftar”dagi 2 300 ta oilalarning 1 818 tasiga amaliy yordamlar ko‘rsatilib daftardan chiqarilgan. Xozirgi kunda daftarda 482 ta oila qolgan.
“Ayollar daftari”ga 1 bosqichda kiritilgan 2 298 nafar ayollarning barchasiga amaliy yordam berilib “Ayollar daftari”dan chiqarilgan.
2 bosqichda “Ayollar daftari”ga 2 058 nafar ayollar kiritilib xozirgi kunda 2 058 nafar ayollarning barchasi ayollar daftaridan chiqarilgan. “Yoshlar daftari”dagi 1 728 nafar yoshlar daftariga kiritilgan bo‘lib shundan 1 612 nafar yoshlarga amaliy yordamlar ko‘rsatilib daftardan chiqarildi. Xozirga kunda “Yoshlar daftari”da 116 nafar yoshlar mavjud.
Shuningdek “Temir daftar”da turgan oilalarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab- quvvatlash masadida “Sahovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan jami 460 mln.so‘m mablag‘lar ajratildi (bunugi kunda “Sahovat va ko‘mak” jamg‘armasida 400 mln.so‘m mablag‘lar mavjud).
Yoshlarning turli yot g‘oyalarga kirib ketishi, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida 62 ta maktablarda 8 ming nafar o‘quvchilar ishtirokida tadbirlar o‘tkazildi.
Tumanda xomiylar tomonidan “Qizil yarim oy jamg‘armasi” hisobidan 55 ta ayollar daftarida turgan og‘ir sharoitdagi ayollarga 58,3 mln.so‘mdan bir martalik moddiy yordam pullari berildi.
Bundan tashqari “Sahovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 120 nafar “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarni doimiy daromad manbaini yaratish maqsadida inkubator uskunalari yetkazib berildi.
Barcha mahallalarga 62 ta komp'yuter (printer) va VEB kameralar yetkazib berildi. Natijada, masofadan yig‘ilishlar o‘tkazish imkoniyati yaratildi.
O‘z binosiga ega bo‘lmagan 23 ta mahalla binolarida qurilish ishlari boshlanib, 22 tasi tamirlanib (Yangi turmush, Yo‘ng‘ichqoli, Mustaqillik, Fayzobod, Do‘stlik, Taraqqiyot, Tinchilik, Qo‘shdaryo, Qunduzak, Yangiyo‘l, Burgulik, Qoraqo‘yli, Turkiston, Yo‘lbarisov, Sholikor, Ko‘kmo‘yin, Yuqoriovul, Chegara, Kim Pen Xva, Farovon, Adolat MFYlar, Usmon ota MFYlar) foydalanishga topshirildi, 1 tasi (Sada-Arg‘in MFY)da qurilish ishlari davom etmoqda.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati
#Mahallaraisi-islohotchi #mahallabay #Infrastruktura