Tadqiqot va o‘rganishlar yo‘nalishi: O‘rta Chirchiq tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish hamda bandlik dasturlari
01/11/2021 - 18:01 3241
Tumanda joriy yil 26-oktabr holatiga ro‘yxatdan o‘tgan kichik biznes subyektlari 2 869 tani (2731 tasi faoliyatda) (YaTT, fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etadi (2017-2018 yillarda 851 ta bo‘lgan. 3 barobarga oshgan).
Shundan,
- ishlab chiqarish korxonalari - 524 ta (501 tasi faoliyat ko‘rsatmoqda);
- savdo va umumiy ovkatlanish korxonalari – 1 187 ta (1116 tasi faoliyatda);
- qishloq xo‘jaligi korxonalari - 335 ta (324 tasi faoliyatda);
- qurilish korxonalari - 237 ta (228 tasi faoliyatda);
- boshqa korxonalar - 586 ta (562 tasi faoliyatda) ni tashkil etadi.
- 2021 yil 26-oktabrga qadar 834 ta shundan, 418 ta YaTT va 416 ta yuridik korxonalar tashkil etildi.
Shu bilan bir qatorda 114 ta YaTT va 42 ta yuridik korxonalar faoliyati qayta tiklandi hamda 98 ta subyektlarning yuridik manzillari tumanga ko‘chirib o‘tkazildi, shuningdek 6 ta yangi horijiy korxonalar tashkil etilib, ularning soni 63 taga yetkazildi.
2020-2021 yillar davomida umumiy qiymati 404,6 mlrd.so‘mlik 12 ta investisiya loyihalari amalga oshirilishi hisobiga 13,1 mln.dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar kiritilgan (JS-BIO 2 mln.dollar, Baxtiyor savdo 4 mln.dollar, Ko‘prik qurilish industrial 3,6 mln.dollar, “GS Bio” 3 mln.dollar, "Ag/Ro-Nl" 0.5 mln.dollar, "Rustam Parranda", "Asphalt Plant" ) hamda 933 nafar, ya'ni,
- sanoat yo‘nalishida 3 ta loyihada 400 nafar;
- xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida 6 ta loyihada 403 nafar;
- qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida 3 ta loyihada 130 nafar yangi ish o‘rinlari yaratilgan.
Bundan tashqari, 2021-yilning 1 oktabr holatiga 12 ta korxonalar tomonidan 7,5 mln.dollarlik xorijiy investisiyalar o‘zlashtirildi.
Misol uchun O‘rta Chirchiq tumani Kichik sanoat zonasida joylashgan “Toshkent tom qoplamalari” MChJ QK tomonidan 1,3 mln.dollarlik xorijiy investisiyalar o‘zlashtirilib, sintetik tolali tom qoplamalari ishlab chiqarish investisiya loyihasi amalga oshirildi va 40 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Shuningdek, “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida 1 768 ta fuqaroga 41 730 mln.so‘m bank kreditlari quyidagi sohalar uchun ajratildi,
- 31 foizi chorvachilikka (548 ta fuqaroga 12 936,3 mln.so‘m);
- 22 foizi qo‘ychilikka (388 ta fuqaroga 9 180,6 mln.so‘m);
- 32 foizi tikuvchilikka (565 ta fuqaroga 13 353,6 mln.so‘m);
- 8 foizi issiqxona tashkil etishga (141 ta fuqaroga 3 338,4 mln.so‘m);
- 7 foizi boshqa (xizmat ko‘rsatish, asalarichilik, ishlab chiqarish, parrandachilik, qandolatchilik, yilqichilik, baliqchilik, bog‘dorchilik, quyonchilik, echkichilik, hunarmandchilik va x.k.) yo‘nalishlarga (123 ta fuqaroga 2 921,1 mln.so‘m).
Tumandagi Extiyojmand oilalar ro‘yxatida bo‘lgan (temir, ayollar, Yoshlar daftarlari)ga jami 197 ta fuqaroga 4 294,6 mln.so‘m, shundan,
- “Temir daftarda”gi 17 ta oilaga 370,6 mln.so‘m,
- “Ayollar daftarida”gi 87 nafar ayolga 1 896,6 mln.so‘m
- “Yoshlar daftarida”gi 93 nafar yoshga 2 027,4 mln.so‘m bank kreditlari ajratilgan.
Eksport ko‘rsatkichlarini bajarish bo‘yicha.
Joriy yil 1-oktyabr xolatiga 10,1 mln.dollarlik eksport qilingan.
Jumladan, sanoat mahsulotlari 4,0 mln.dollar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 6,1 mln.dollarni tashkil etgan.
O‘tgan 2020-yil davomida tuman eksport geografiyasi 19 tani tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda ushbu ro‘yxatga yana 2 ta davlat (Turkiya va Vengriya) qo‘shilgan.
Joriy yilda 7 ta yangi korxonalar (3 ta sanoat, 4 ta qishloq xo‘jaligi) eksportga jalb etildi. Ushbu jalb etilgan korxonalar tomonidan 781,9 ming.dollar eksport amalga oshirildi.
Jami eksport faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xududiy eksportyorlar soni 33 taga yetdi.
Kichik sanoat zonalari faoliyati bo‘yicha;
O‘rta Chirchiq tumani kichik sanoat zonasida 8 ta loyiha tashabbuskorlari tomonidan jami 130,1 mlrd.so‘m mablag‘lar sarflanib, 179 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Shundan, joriy yilda 4 ta loyihada ya'ni “Ria Building Construction Group” MChJ, “Toshkent temir-beton va uy-qurilish kombinati” DUK, “Humo Bird” MChJ, “Dioson-Uz” MChJ QKlar tomonidan investisiya loyihalari amalga oshirildi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati