O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-dekabrdagi “Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4939-son qarori haqida ma’lumot
19/11/2021 - 19:14 5522
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-dekabrdagi “Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4939-son qarori qabul qilingan.
Ushbu qaror qabul qilinishining asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
- mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash hamda xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini takomillashtirish;
- ta’limning eng past darajasiga qo‘yiladigan talablarni bekor qilgan holda har bir lavozim va kasb bo‘yicha malaka doirasiga muvofiq malaka darajasiga talablar kiritilishi;
- lavozim va kasblarni Mashg‘ulotlarning Xalqaro Standart Klassifikatori (MXSK - 2008) bilan muvofiqlashtirish;
- ishchi kasblar uchun tarif razryadlarining oralig‘ini belgilash ko‘zda tutilgan.
Shuningdek qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida vazirlik tizimida iqtisodiy faoliyat sohasida kasbiy malaka va bilimlar bo‘yicha Tarmoq kengashi tashkil etilgan.
Mazkur qarorning 4-ilovasi 6-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida 2021-yilda vazirlik tomonidan iqtisodiy faoliyat sohasida 16 ta kasb standartlar ishlab chiqilgan bo‘lib, yagona ochiq portali “profstandart.mehnat.uz” elektron platformasiga joylashtirilgan.
1. Iqtisodiyot va rejalashtirish bo‘yicha direktor
2. Iqtisodchi-demograf
3. Moliya va iqtisod bo‘yicha direktor o‘rinbosari
4. Iqtisodiyot bo‘yicha direktor
5. Iqtisodchi-moliyachi
6. Iqtisodiy soha menejeri
7. Bosh iqtisodchi
8. Moliya-iqtisod departamenti direktori
9. Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha iqtisodchi
10. Mehnat iqtisodchisi
11. Mehnat va ish haqi bo‘yicha iqtisodchi
12. Rejalashtirish bo‘yicha iqtisodchi
13. Investitsiyalarni boshqarish bo‘yicha iqtisodchi (yo‘nalish va sohalar bo‘yicha).
14. Baholar bo‘yicha iqtisodchi.
15. Yetakchi iqtisodchi
16. Muhandis-iqtisodchi
Shu bilan birga 2022-yilda ham 16 ta kasb standarti ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi
Axborot xizmati