Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiyalar
22/11/2021 - 12:04 13949
Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash orqali daromadi yuqori bo‘lmagan hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan oilalar, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, mamlakatimiz ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yoshlar va shu toifadagi boshqa aholi qatlamlariga ko‘maklashish va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida subsidiyalar ajratiladi. Uning tartiblari Vazirlar Mahkamasining "Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori bilan belgilangan.
Subsidiyalar - ipoteka kreditlari asosida:
- kvartira sotib olish uchun boshlang‘ich badal va kredit foizining bir qismini;
- yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun kredit foizining bir qismini qoplash maqsadida Davlat budjetidan fuqaro uchun bankda uning nomiga ochilgan tegishli hisobvarag‘iga o‘tkazilgan mablag‘ ko'rinishda ajratiladi.
Tegishli tuman-shahar komissiyalari tomonidan ko'rib chiqilayotgan arizalar ro'yxati bilan bu yerda tanishish mumkin.
Mazkur xizmatdan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza berish mumkin. Xizmatdan foydalanish bepul.